

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati Norin-Uchqo‘rg‘on ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Haqulobod” podstansiyasida rejalashtirilgan texnik ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.
⚙️ Unga ko‘ra, T-1 transformatori va 10 kV 1-shinalar tizimida joriy ta’mirlash hamda sinov jarayonlari amalga oshirildi. Jarayon davomida:
▪️ Releli himoya va avtomatika tizimlari;
▪️ Boshqaruv va nazorat qurilmalari;
▪️ Podstansiyaning boshqa muhim texnik elementlari to‘liq tekshirilib, soz holatga keltirildi.
⚡️ O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida avariya holatlarining oldini olish, elektr ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini oshirish maqsad qilingan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!