2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1: Aksiyadorlik jamiyatida raqamli transformatsiya jarayonlari — 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamli strategiya dasturi ijrosi haqida axborot berildi
  • 09.02.2026
  • 30

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yil sarhisobi» ruknida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamli strategiya dasturi, korxonaning maqsadli IT-arxitekturasi va IT loyihalar portfeli masalalari haqida axborot berildi.

Maʼlumki transformatsiya jarayonlari kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatini va raqobatbardoshligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Transformatsiya – bu faqat o‘zgarish emas, balki kompaniyaning faoliyati va rivojlanishi uchun strategik zarurat hisoblanadi. “O‘zbekiston MET” AJda ham transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

► Shuningdek, 

♦ Xalqaro konsalting kompaniyasi ishtirokida kompaniyamizning 2035-yilgacha mo‘ljallangan moliyaviy modeli ishlab chiqildi va uni muntazam yangilab borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

♦ Xalqaro kredit reyting agentliklarining tavsiyalariga asosan mustaqil (standalone) kredit reytingini oshirish bo‘yicha Fitch reytings va S&P xalqaro kredit reyting kompaniyalari jalb etildi.

♦ Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda E&Y konsalting kompaniyasi tomonidan ESG diagnostikasi  o‘tkazildi. Diagnostika natijalarining tahlili va aniqlangan ESG bo‘shliqlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va tashabbuslar ro‘yxati ishlab chiqildi. Yuqori ESG reytingiga erishish maqsadida "O‘zbekiston MET" AJning barqaror amaliyotlarini qisqa, o‘rta va uzoq muddatda yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Marhamat, radiomuloqot dasturi bilan tanishing!

Radioboshlovchi — Muslima Murodova. 

✍️ Dasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati