
ERTAGA TAʼMIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga — 14-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha uzilishlar kuzatiladi:
Mirzo Ulug'bek tumani: «Katta Darxon», «Oqqoʻrgʻon» hamda «Sayram» MFYlarining ayrim hududlarida, soat 10:00 dan 16:00 gacha.
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati