2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
“ENERGO-IТ” filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 13.01.2026
  • 104

Bo‘sh ish o‘rni: “ENERGO-IТ” filiali “Dasturiy ta’minotni ishlatish, qo‘llab-quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmati” ning muhandis lavozimi.

TALABLAR:

1. Ma’lumoti: Oliy texnik;

2. Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi;

3. Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:

· Dasturlash usullari va axborotni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tartibga soluvchi materiallar;

· Texnik va ekspluatatsion xarakteristikalar, konstruktiv xususiyatlar, jihozlarning qo‘llash usullari va ishlash rejimlari, axborotni mexanizatsiyalashtirish, qayta ishlash texnologiyasi;

·  Dasturlash usullari;

· Texnik hujjatlarni tayyorlash tartibi;

·  Dasturlash va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion tajriba;

·  MS office hujjatlarini yaratish va qayta ishlash vositalari;

· VISUAL BASIC FOR APPLICATIONS dasturlash vositalari haqida umumiy bilim;

· ACCESS kabi relyatsion maʼlumotlar bazalarining asoslari. SQL tuzilmaviy so‘rovlar tili. SQL SERVER yoki MySQL maʼlumotlarga kirish va ularni himoya qilish usullari;

4. Asosiy vazifalar:

Ø  Matematik modellar va algoritmlarni tahlil qilish asosida muammoning yechimini amalga oshiradigan dasturlarni ishlab chiqish.

Ø  Amalga oshirilgan dasturlar va dasturiy taʼminotni takomillashtirish.

Ø  Dasturlashni avtomatlashtirish usullari va vositalarini, hamda standart dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ø  Yechilayotgan masala bo‘yicha axborotni o‘rganish va tahlil qilish, uning mohiyatini shakllantirish va matematik tavsif berish.

 

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

 

Murojaat uchun: 71-236-66-65.

Elektron pochta: energoit@uzbekistonmet.uz

 

YARATILGAN ShAROITLAR:

· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

· Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

·  Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati