

Xovos tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-G‘alaba-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida profilaktik ishlar amalga oshirildi.
⚙️ Ishlar davomida izolyatorlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab izolyatorlar yangilariga almashtirildi. Shuningdek, tayanchlarga qushlar qo‘nishiga qarshi moslama (ППЗ) o‘rnatildi.
⚡️ Ta’mirlash jarayonida xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya etildi. Profilaktika ishlari iste’molchilar elektr ta‘minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani yoq.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!