
Bugun soat 06:00 da 110 kV kuchlanishli L-Dashtobod elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chdi.
Isteʼmolchilar: Sardoba, Oq oltin va Mirzaobod tumanlarining ayrim hududlari aholisi va ishlab chiqarish korxonalari.
Ayni paytda isteʼmolchilarni boshqa manbaga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Maxsus brigada aʼzolari nosozlik sababini aniqlab, uning oqibatini bartaraf etishmoqda.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
L-Dashtobod elektr uzatish tarmog‘i orqali taʼminlangan tarmoqlarga boshqa liniya orqali kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati