2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi
  • 07.01.2026
  • 27

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi

Farmonga ko‘ra, quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026-yil 1-iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi, jumladan:

► Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor maʼlumot almashish;

► Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

⇔ Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida taʼqib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni taʼsis etiladi.

⏺️ Manba 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati