2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
  • 09.12.2025
  • 51

 

 

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi milliy model yaratilmoqda. Bu boradagi islohotlarning 2025-yildagi aniq natija va samaralariga oid ayrim fakt va raqamlar quyida aks etgan:

   ♦   Davlat rahbari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi;

   ♦   Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha barcha soha va tarmoqlarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritalari” tasdiqlandi;

   ♦   Davlat organlari va tashkilotlarida 11 487 ta manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi;

   ♦   Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha 85 ming nafardan ortiq davlat xizmatchilari o‘qitildi;

   ♦   Huquqiy eksperiment sifatida Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning ichki nazorat tuzilmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazildi;

   ♦   Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha Mintaqaviy tadqiqot markazi tashkil etildi;

   ♦   Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida 3 mlrd 761 mln so‘mlik grantlar eʼlon qilindi;

   ♦   1-iyulga qadar 800 nafarga yaqin rahbar korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi bo‘yicha testdan o‘tkazildi;

   ♦   Davlat organlarida ochiqlik darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi va Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalari eʼlon qilindi;

   ♦   BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasining 11-yig‘ilishida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi siyosatda tashabbuskor davlat sifatida eʼtirof etiladi;

   ♦   Ochiqlik bo‘yicha Open Data reytingida O‘zbekiston 138 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda birinchi, jahonda 11-o‘rinni egalladi;

   ♦   BMT TD bilan hamkorlikda Yevropa standartlariga asoslangan “Halol hokimiyat” loyihasi 3 ta tuman va shaharda sinov tarzida joriy etildi;

   ♦   O‘zbekiston rasman Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusi (ACI) aʼzoligiga qabul qilindi;

   ♦   O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi;

   ♦   BMT tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ikkinchi bosqich obzori doirasida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati o‘rganildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

▶️ Manba

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tamoqlari” aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmatining korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanali:

☎️ Korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-56-41.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati