2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Issiqxona xo‘jaliklari bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda
  • 26.11.2025
  • 13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24-noyabrdagi “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–229-son farmoniga muvofiq, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxona  xo‘jaligi obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish belgilangan.

Shu asosda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan issiqxona xo‘jaliklari bilan uch tomonlama shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari izchil olib borilmoqda.

Xususan, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilgan Toshkent shahar va unga tutash hududlardagi 68 ta issiqxona xo‘jaligiga (173,1 gektar maydonda) belgilangan tartibga ko‘ra tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan va tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Zangiota tumanidagi 34 ta va Qibray tumanidagi 66 ta issiqxona xo‘jaligi bilan “issiqlik energiyasini yetkazib berish” bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Shunga asosan ushbu issiqxona xo‘jaliklariga belgilangan miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

Hozirda tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan barcha issiqxonalarga “zangori yoqilg‘i” uzluksiz va belgilangan me’yorlarda yetkazib berilmoqda. 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18366 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati