2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TAQQOS VA TAHLIL: 2014—2024-yillar davomida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yaratilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati hajmining o‘sib borish dinamikasi
  • 21.11.2025
  • 25

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti, Raqamlashtirish boshqarmasi

TAQQOS VA TAHLIL: 2014—2024-yillar davomida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yaratilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati hajmining o‘sib borish dinamikasi (MVA — megavolt•amper hisobida – to‘la quvvat)

⚡️ Shuningdek, 2025-yil davomida magistral elektr tarmoqlari — yuqori kuchlanishli podstansiyalarda rejalashtirilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati hajmi (prognoz).

XULOSA: 2017—2024-yillar davomida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yaratilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati 10102 MVA (megavolt•amper) ni tashkil etgan. 2025-yil uchun reja qilingan 2719 MVAni qo‘shib hisoblaganda, jami 12821 MVAni tashkil etadi. 

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

⇒ 2025-yil 1-iyun holatiga Aksiyadorlik jamiyati balansida 51 780,1 МВА to’la quvvatga ega 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli 1583 ta podstansiya hamda 37211,4 km uzunlikdagi 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati