O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida 5 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Ushbu qarorga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2020-yilda davlat tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 43,9 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib reja 100,21 foizga bajarildi.
Amalga oshirilgan loyihalar natijasida 2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 340 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i qurib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, modernizatsiya dasturi doirasida 11 ta podstansiyada 1 142 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati