2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XABARNOMA: 10 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida o‘chish sodir bo‘lgan
  • 27.08.2025
  • 615

Joriy yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lgan. Shu vaqtda fider Xusunkor-2-10 kV va fider Mehnat-2 MTZ avtomatik himoya tizimidan o‘chgan. Dispetcher buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan. 

✍️ Yuqori kuchlanishli podstansiyadan chiquvchi kabel kanalida shikastlanish aniqlangan. Tekshirilgan vaqtda Mehnat-1 va Moyqo‘rg‘on fiderlarida “yerlanish” (zemlya) holati aniqlangan. "Toshkent HETK" dispetcherlari topshirig‘i bilan 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalar tizimidan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgan. 

O‘chirilish sababi, HETK tassarufida bo‘lgan 10 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida o‘chish sodir bo‘lgan. O‘chish tafsilotlari aniqlanib, batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati