Kelib tushgan murojaatlar
uzbekistonmet.uz veb-sayti: MUROJAAT QILGAN EDINGIZ ...
  • 07.01.2021
  • 724

   Ma'lumki, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida "MUROJAATLAR" rukni tashkil etilgan bo'lib, ularga axborot xizmati tomonidan tezkor javoblar berib borilmoqda. E'tiboringizga info@uzbekistonmet.uz elektron pochtasiga fuqaro Anvar Xudoyberdiyev tomonidan yuborilgan murojaat va uning javobini (boshqa iste'molchilarning shu kabi savollariga javob berish maqsadida) havola etamiz. "To'k muommosi" deb nomlangan murojaat matni (telefonda yozilgan bo'lishi mumkin) tegishli tartibga muvofiq o'zgartirilmasdan (tahrirsiz) taqdim etilmoqda.

   MUROJAAT MAZMUNI:

   "...Qashqadaryo G'uzor tumaniga soat 10dan beri to'k yo'q shun sababini ijtimoi tarmoqlar orqali xabarini elon qilib tursalariz bumaydimi»

   MUROJAATGA JAVOB:

   Hurmatli fuqaro Anvar Xudoyberdiyev!

   Past kuchlanishli tarmoqlar orqali elektr energiyasini taqsimlash va yetkazib berish, shuningdek hisoblagichlar o'rnatish va iste'mol qilingan elektr energiyasi to'lovlari hisobdorligini yuritish bilan shug'ullanuvchi turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy het.uz sayti hamda Telegram mesenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot  kanali, shu bilan birga, "Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning ijtimoiy tarmoqdagi kanallarida turli nosozliklarni bartaraf etish maqsadida elektr ta'minotidan vaqtincha (rejali) uzilishlar va boshqa avariyaviy holatlarni iste'molchilar, keng jamoatchilik e'tiboriga (qisqa raqam: 1154) havola etib boriladi.

   ELEKTR TA'MINOTIDAGI UZILISHLARNING ASOSIY SABABLARI QUYIDAGICHA:

   Birinchisi, elektr tarmog'iga turli texnik va iqlim sharoitlari bilan bog'liq ta'sirlar, masalan, tarmoq simlariga kuchli shamol va yomg'ir ta'sirida daraxt shoxlarining tegishi (yoki elektr o'tkazuvchanlik xossasiga ega boshqa predmedlar), qurilish ishlarida yo'l qo'yiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli ta'sirlar, bundan tashqari, elektr uskuna va jihozlarining jismonan eskirishi tufayli (o'zining ekspluatasiya muddatini o'tab bo'lishi) nosoz holga kelishi yoki elektr uskunalarining ortiqcha yuklamada ishlashi tufayli kelib chiqadigan nosozliklarni misol qilib olish mumkin.

    ‼️ Va, albatta, bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi.

    Ikkinchisi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy ta'sir etganda ma'lum texnik shartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzishlar sodir bo'lishi mumkin.

    ✅ Bu jarayon avtomatik tarzda ro'y berib, tizimning keyingi barqaror faoliyati uchun uni himoyalash sharti bilan amalga oshadi. Aynan shuning uchun, aksariyat holatlarda, elektr ta'minotidagi uzilishlarni oldindan bilish va vaqtini belgilash, bu haqda istemolchilarni oldindan ogohlantirishning imkoni mavjud emas.

   ‼️ Ma'lumot o'rnida: Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz, ko'mir hamda mazut yetkazib beruvchi, gidroinshootlar va issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, uni yuqori hamda past kuchlanishli havo liniyalari va podstansiyalar orqali yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar — elektr ta'minoti uzilishidan manfaatdor emas. Aksincha, iste'molchilarga yetkazib berilmagan energoresurslar ishlab chiqarishda "yo'qotilgan foyda" hisoblanadi.

   2017-yildan buyon, yirik investitsion loyihalar asosida, energotizimda mavjud eskirgan elektr uskuna-jihozlarini yangi va yuqori quvvatlilariga almashtirish, ularni yangilash, ya'ni  modernizatsiya-rekonstruksiya hamda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish maqsadida bir nechta investloyihalar amalga oshirilmoqda.

   Shu bilan birga, iste'mol qilingan energoresurslar uchun qarzdorlikni kamaytirish, mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish maqsadida energetika sohasida, jumladan elektr energetika tarmog'ida ham raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda.

   ☑️ Batafsil: ‖  O‘zb  ‖  Ўзб  ‖  Рус  ‖

   ☑️ Videoni ko`rish: ‖  Ўзб  ‖  Рус  ‖

 

"O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" АJ Ахborot xizmati
Каnalga a'zo bo`ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>