AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokidagi brifingda energiya audit tahlili bo‘yicha maʼlumot berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlab kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda 34 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda 2024 yil 1 noyabrga qadar energiya auditi o‘tkazilib, 300 mln kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Energetika vazirligi va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonalarda energiya auditi o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan energiya resurslari isteʼmolini qisqartirish dasturi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra 2025-2027 yillarda 303,6 mln kVt.soat elektr energiyasi va 7,3 mln kub.metr tabiiy gazni iqtisod qilinishi belgilandi.
Xususan, belgilangan choralarni amalga oshirish natijasida 2025 yilda 43,5 mln kVt.soat elektr energiyasi va 6,7 mln kub.metr tabiiy gaz, 2026 yilda 121,2 mln. kVt soat elektr energiyasi va 659 ming kub metr tabiiy gaz va 2027 yilda esa 138,9 mln. kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.
Sohada energiya sarfi quyidagi omillar orqali iqtisod qilinadi.
– WHR texnologiyasini joriy etish hisobiga 208 mln kVt.soat elektr energiyasi;
– quyosh panellari o‘rnatish hisobiga 54,0 mln kVt.soat elektr energiyasi;
– tashkiliy texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 21,9 mln kVt.soat elektr energiyasi va 1,4 mln kub.metr tabiiy gaz;
– reaktiv kondensatorlar o‘rnatish hisobiga 9,6 mln kVt.soat elektr energiyasi;
– modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish hisobiga 7,6 mln kVt.soat elektr energiyasi;
– energiya samarador texnologiyalarni joriy etish hisobiga 1,8 mln kVt.soat elektr energiyasi va 5,8 mln kub.metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi rejalashtirildi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida 33,1 mln kVt soat elektr energiyasi va 10,9 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.
Mazkur natijalarga Andijon viloyatidagi "Andijan wcc cement" MCHJ QK va “Qarshi Conch Cement” MCHJ XK tomonidan WHR texnologiyasini joriy etish, “Reco Brend Sement” MCHJ, "Shangfeng-Bridge of Friendship" MCHJ QK hamda “Qarshi Conch Cement” MCHJ XK larda Quyosh panellari o‘rnatish hisobiga erishildi.
Shuningdek, boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga yanvar-mart oylarida 606 ming kVt soat elektr energiyasi sarfi kamaydi, jumladan:
Navoiy viloyatidagi “Qizilqumsement” AJ tomonidan reaktiv kondensator qurilmalari o‘rnatish, quvvati 3500 kVAr va reaktiv energiyani avtomatik tartibga soluvchi 15 ta qurilmani ishga tushirish hisobiga 190 ming kVt soat; Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, elektr uskunalarni kapital taʼmirlash hisobiga 10 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi “Bekobodsement” AJda ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tishi natijasida joriy yilning I-choragida 10,9 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati