2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlarida eski uskuna va jihozlar yangilariga almashtirilmoqda
  • 22.04.2025
  • 56

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya navbatchi mutaxassislarining joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Jizzax viloyatida joylashgan podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Eski uskuna hamda jihozlar yangi va zamonaviylariga almashtirilmoqda. Korroziyaga uchragan metall konstruksiyali qurilmalarga bo‘yoq tortilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati