Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Hurmatli fuqarolar, qadrli isteʼmolchilar!
Bahor fasli kelib, tabiat uyg‘ongan bu faslda oilalarimiz, farzandlarimiz bilan tabiat qo‘yniga, dam olishga chiqish — barchamiz uchun maroqli xordiq. Lekin shundan so‘nggi hayot uchun muhim masalani unutmasligimiz kerak: elektr uzatish tarmoqlari yaqinida, ayniqsa, ularning muhofaza zonalari atrofida varrak uchirish juda xavfli!
Bu nafaqat inson hayoti uchun jiddiy tahdid tug‘diradi, balki butun elektr taʼminoti tizimi barqarorligiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Shuni unutmang:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qaroriga muvofiq, elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalarida:
♦ varrak, dron, yoki har qanday uchuvchi predmetlarni uchirish;
♦ xavf tug‘diradigan harakatlarni amalga oshirish;
♦ simlarga yaqinlashish, ustunlarga chiqish;
♦ olov yoqish mutlaqo TAQIQLANGAN.
Afsuski, so‘nggi vaqtlarda varrak simlarga ilinib qolib, jiddiy avariyalar va yo‘qotishlarga sabab bo‘layotgan holatlar qayd etilmoqda. Elektr tarmoqlaridagi har qanday uzilish — butun mahalla, tuman, hatto viloyatda uzoq vaqtlik yorug‘liksiz qolishga olib kelishi mumkin.
Shu boisdan barchangizdan iltimos qilamiz: farzandlaringizni ogohlantiring, elektr tarmoqlariga yaqin joylarda varrak uchirmang, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling.
Esingizda tuting — bir necha daqiqalik beparvolik, butun hayotga taʼsir qilishi mumkin!
Energiya barqarorligi — hammamizning umumiy masʼuliyatimiz!
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari« aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/51176
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati