2025-yilning 1-choragida Respublika bo‘yicha jami 10 117 ta obyektga umumiy quvvati 197,9 MVtga teng bo‘lgan kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan.
Xususan:
♦ 1 455 ta ijtimoiy soha obyekti tomonidan 25,9 MVt;
♦ 052 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 113 MVt;
♦ 6 428 ta aholi xonadoniga 56,3 MVt;
♦ 182 ta ko‘p qavatli uyga 2,79 MVt o‘rnatilgan.
Ushbu panellar orqali 60,082 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lib, buning natijasida 15 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga va 17 ming tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqishi oldi olingan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/15852
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati