⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda. Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirib, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirilmoqda.
⚡️ Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Shu bilan birga, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Namangan viloyatidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
Ta’mirlash-sozlash ishlari barobarida, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi energetika obyektlarida mavsumiy ishlar bajarilib, “O‘zbekiston MET” AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug‘iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktyabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablariga binoan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali ma’muriy binosi hamda 220 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasining magistral avtomobil yo‘li bilan tutash qizmida olib borilgan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari aks etgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati