“O‘zbekiston MET” Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi 4266 nafar kasaba uyushma aʼzolari, shu jumladan 530 nafar xotin-qizlar va 647 nafar yoshlardan iborat.
Hisobot davrida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ustavi talablari hamda o‘zining ish rejasi asosida olib bordi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, korxonada ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari himoyasining huquqiy negizi yaratilishiga erishdi. Natijada ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish, mehnatga xaq to‘lash, mehnat muhofazasi, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, dam olishini tashkil etish, kasaba uyushmalarining tashkiliy jihatdan mustahkamligini taʼminlash, ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish, madaniy-maʼrifiy va jismoniy tarbiya ishlari, kasaba uyushma faollari o‘quvini uyushtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida 36 marta Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi rayosat yig‘ilishlari o‘tkazildi. Bu yig‘ilishlarda mehnat muhofazasi va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, madaniy-maʼrifiy va sport ishlari hamda sog‘lomlashtirish masalalariga oid 46 ta rayosat qarorlari hamda 58 ta ish jarayonidagi qarorlar qabul qilingan. Bu yig‘ilishlarda kasaba uyushma qo‘mitalari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning bajarilishini taʼminlash borasida aniq choralar belgilab olingan.
Kasaba uyushma qo‘mitasi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 6 ta komissiya bo‘lib, ular:
1. Mehnat konsultatsiyasi doimiy komissiyasi.
2. Madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport ishlari komissiyasi.
3. Taftish komissiyasi.
4. Yoshlar bilan ishlash komissiyasi.
5. Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi.
6. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyasi.
Hisobot davrida doimiy komissiyalar tomonidan 50 dan ortiq masalalar ko‘rilib, o‘z yechimini topdi.
Kasaba uyushma qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi bilan hamkorlikda jamiyatdagi ayollarni o‘rni va mavqeini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi, xususan, “Ona tilim — joni dilim” shiori ostida Davlat tili bayramiga bag‘ishlangan sheʼriyat kunlari o‘tkazildi, milliyligimizni targ‘ib qilishlikka qaratilgan “XON-ATLAS” tadbirlari uyushtirildi. Sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiyot va kitobxonlik tadbirlari uyushtirildi.
Yoshlar bilan ishlash komissiyasi xam o‘z faoliyatini 5 yil davomida ijobiy olib bordi. Xususan, yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ko‘plab yoshlar sayohatlarga olib chiqildi.
Kasaba uyushma tashkilotlari mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash kabi yuksak vazifalarni o‘z zimmalariga olar ekan, uning huquqiy manbasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid tuzilgan BOSH KELISHUVdir.
Bosh kelishuvga asosan tuzilgan tarmoq tarif kelishuvlari hamda korxonada ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalari hisoblanadi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika Kengash o‘rtasida hisobot davrida ikki marta, yani 2019-2021-yillar hamda 2022-2024-yillar uchun mo‘ljallangan Tarmoq(Tarif) Kelishuvi tuzildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida hisobot davrida ikki marta, yani 2019-2021-yillar hamda 2022-2024-yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi tuzildi.
Jamoa shartnomasidagi imtiyozlar, kafolatli to‘lovlarni va mehnatga haq to‘lashni tartibga soluvchi masalalarning ko‘rib chiqilishiga eʼtibor berilganligini quyidagicha ifodalash mumkin, yaʼni 2020-yili xodimlarga 44 mlrd. 404 million so‘m imtiyozli to‘lovlar to‘langan. 2021- yilda esa bu maqsadlarga 53 mlrd. 935 mln so‘m, 2022-yilda 63 mlrd. 950 million so‘m, 2023-yilida 82 mlrd. 656 million so‘m, 2024-yilda 91 mlrd. 260 million so‘m sarflangan.
Jamoa shartnomalari orqali har bir xodimga sarflangan mablag‘ miqdori:
2020-yilda – 23 354,0 so‘m;
2021-yilda – 26 791,0 so‘m;
2022-yilda – 35 653,0 so‘m;
2023-yilda – 39 360,0 so‘m;
2024-yilda – 48 480,0 so‘mni tashkil etdi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi hisobot davrida xodimlar ish haqining o‘sishi va ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishi masalasiga ish beruvchi bilan hamkorlikda bir qator amaliy choralarni ko‘rgan holda faoliyat olib borganligi sababli, ish xaqidan qarzdorlik kelib chiqmadi.
O‘rtacha ish haqi:
2020-yilda – 3 322 422 so‘m;
2021-yilda – 4 132 348 so‘m;
2022-yilda – 5 697 146 so‘m;
2023-yilda – 7 221 173 so‘m;
2024-yilda – 8 736 980 so‘mni tashkil etdi.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda kasaba uyushma qo‘mitasi huzuridagi, mehnatni muhofaza qilish komissiyasi va saylangan jamoatchi vakillari hamda korxona mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat xavfsizligi muxandis-texnik xodimlari bilan bir qatorda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat xavfsizligini taʼminlash, ish o‘rinlarini attestatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hisobot davrida 2 marta Aksiyadorlik jamiyati xodimlarini ish o‘rinlarini shahodatlash ishlari o‘tkazildi, 2019-yilda va 2025-yilda.
Yuqori texnika va texnologiyalar hayotga keng kirib kelayotgan bugungi kunda xodimlarning ish joylari xavfsizligiga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Sodda qilib aytganda, har bir mehnatkash ishga sog‘-omon kelib, ishdan so‘ng oilasi bag‘riga sog‘-omon qaytishni hohlaydi.
Bu borada korxonada olib borilgan ishlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yaʼni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 2020-yilda 1 mlrd. 275 mln so‘m, 2021-yilda 3 mlrd. 845 mln so‘m, 2022-yilda 1 mlrd. 129 mln. so‘m, 2023-yilda 2 mlrd. 489 mln. so‘m, 2024-yilda 4 mlrd. 545 mln so‘m sarflangan. Mehnat muhofazasi tadbirlarini bajarilishiga eʼtibor kuchayganligini guvoxi bo‘lamiz.
Mehnatni muhofaza qilishda eng muhim tadbirlardan biri — bu zararli va noqulay ish sharoitida ishlayotgan xodimlarni maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va shaxsiy ximoya vositalari bilan taʼminlashdir.
Aksiyadorlik jamiyatida hisobot davrida maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari uchun 5 mlrd. 975 mln so‘m sarflangan.
2024 yilda zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan xodimlarga sut mahsuloti ajratilishi masalasida orqada qolindi. Xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha qonun talablariga asosan joylarda filiallar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuza olmaganlari tufayli bu uzilishlar yuzaga keldi. Lekin 2025 yildan ushbu kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Xaridlar bo‘limiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlar ovqatlanadigan oshxonalar, kiyinish xonalari, yuvinish xonalari joyida borib o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan ishchi-xodimlar ovqatlanadigan oshxonalar, kiyinish xonalari, yuvinish xonalari zamonaviy shart-sharoitlarga keltirildi.
Har bir bo‘limlarda mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalar ajratilgan. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha burchaklar va bannerlar hamda plakatlar bilan taʼminlangan.
Ishchi-xodimlarimiz har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, tibbiy ko‘rik natijalariga aniqlangan kasalliklar bo‘yicha xodimlarimiz Toshkent tibbiy sanitariya qismida Aksiyadorlik jamiyati tomonidan imtiyozli davolantirilmoqda.
Xodimlar mehnatni muhofaza qilish yul-yo‘riqlaridan qonunda belgilangan tartibda va muddatida o‘tkazilgan. Ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilgan.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilgan juda katta ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, hisobot davrida ishlab-chiqarishda 5 marotaba oqibati og‘ir bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu borada barchamiz talabchanlikni oshirish va jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirishimiz kundalik vazifamiz bo‘lishi shart.
Kasaba uyushma qo‘mitasi ish beruvchi bilan hamkorlikda bandlikni taʼminlash yuzasidan ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, hisobot davrida 7 914 nafar xodimlar o‘qitildi va malakalarini oshirishdi.
Kasaba uyushmalari tomonidan Xodimlarga mexnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida podstansiyalarga mikroto‘lqinli pech, tefal choynaklar, termoslar va idishlarga – 81 966 984 so‘m mablag‘ sarflandi.
Avariyali holatlarni bartaraf etish va elektr uzatish tarmoqlarini taʼmirlash holatlarda ishtirok etayotgan ishchi-xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari yoki issiq ovqat bilan taʼminlash uchun – 97 654 135 so‘m mablag‘ sarflandi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining byudjetning daromad tahlili bo‘yicha maʼlumotlarga o‘tsak, ular quyidagilardan iborat:
Hisobot davri boshiga byudjet mablag‘lari qoldig‘i – 160 283 766 so‘mni tashkil qilgan.
Besh yildagi jami daromad – 17 843 767 817 so‘mni tashkil etgan, bu:
2020-yilda – 1 906 844 357 so‘m,
2021-yilda – 2 610 036 816 so‘m,
2022-yilda – 3 735 511 110 so‘m,
2023-yilda – 4 609 726 529 so‘m,
2024-yilda – 4 981 649 004 so‘m.
Undan aʼzolik badallari hisobidan jami mablag‘ – 10 431 956 824 so‘mni tashkil etgan, bu:
2020-yilda – 1 169 180 008 so‘m,
2021-yilda – 1 509 954 689 so‘m,
2022-yilda – 2 075 561 110 so‘m,
2023-yilda – 2 509 779 568 so‘m,
2024-yilda – 3 167 481 449 so‘m.
Maʼmuriy-xo‘jalik hisobidan 1 foiz Mehnatga haq to‘lash fondidan kelib tushgan jami mablag‘ – 7 411 810 992 so‘mni tashkil etgan, jumladan:
2020-yilda – 737 664 349 so‘m,
2021-yilda – 1 100 082 127 so‘m,
2022-yilda – 1 659 950 000 so‘m,
2023-yilda – 2 099 946 960 so‘m,
2024-yilda – 1 814 167 556 so‘m.
Kelib tushgan mablag‘lar kasaba uyushma qo‘mitalari Ish rejalari va smetaga asosan quyidagi maqsadlarga sarf qilingan:
Jamiyat ishchi-xodimlarini va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha sanatoriya, dam olish uylarida va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida 2020-2024-yillar davomida 1838 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila aʼzolari sog‘lomlashtirildi.
Ho‘jalik hisobidan xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish va dam olishlarini tashkil etish maqsadida Rossiya davlatining Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriyasiga 37 nafar xodim yuborildi va bu maqsadlarga – 925 000 000 so‘m sarflandi.
“Nurafshon”, “Shifobaxsh chimyon” sanatoriyasida jami 730 dan oshiq xodimlar va ularning oila aʼzolarini hamda Energetika faxriylarni sog‘lomlashtirildi. Bu maqsadlarga – 312 990 138 so‘m sarflandi.
Aʼzolik badallari yalpi tushumining 10 foiz hisobidan kasaba uyushma aʼzolarini va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish uchun sanatoriylar va dam olish uylariga 418 dona – 1 388 225 800 so‘mlik imtiyozli yo‘llanmalar olindi va bu maqsadlarga kasaba uyushma mablag‘idan – 699 304 210 so‘m xarajat qilindi. Jumladan:
2020-yilda – 23 141 580 so‘m,
2021-yilda – 81 979 480 so‘m,
2022-yilda – 137 535 200 so‘m,
2023-yilda – 135 138 300 so‘m,
2024-yilda – 321 509 650 so‘m sarflangan.
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan kasaba uyushma aʼzolarini sog‘lomlashtirish uchun 125 dona yullanma olindi – 456 656 200 so‘m sarflandi. Afg‘on urushi qatnashchilariga va energetika tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan xodimlarni 10 nafariga – 33 828 000 so‘mlik yo‘llanmalar bepul berildi.
2020-yilda – 2 nafar – 3 566 200 so‘m;
2021-yilda – 23 nafar – 57 174 000 so‘m;
2022-yilda – 35 nafar – 113 295 000 so‘m, 2 nafar baynanminalchi va 2 nafar ko‘p yil davomida ishlagan xodimlarga 12 142 000 so‘mlik yullanma bepul berilgan;
2023-yilda – 33 nafar 129 202 000 so‘m, 2 nafar baynanminalchiga 6 996 000 so‘mlik yo‘llanma bepul berilgan;
2024-yilda – 32 nafar 153 338 000 so‘m, 4 nafar baynanminalchiga 14 690 000 so‘mlik yo‘llanma bepul berilgan.
Hisobot davrida Bostonliq tumanidagi “Oqtosh”, “Anor”, “Quyoshli”, “Chotqol”, Qashqadaryo viloyatidagi “Nurafshon”, Navoiy viloyatidagi “Tong”, Farg‘ona viloyatidagi “Ishonch” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 2020-2024-yillar davomida ishchi-xodimlarning 528 farzandlari sog‘lomlashtirildi. 862 270 320 so‘mlik yo‘llanmalar olindi, xo‘jalik hisobidan – 281 407 134 so‘m, ota-ona badallari hisobidan – 220 800 000 so‘m, ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan – 109 857 560 so‘m, kasaba uyushma mablag‘idan – 160 619 774 so‘m mablag‘lar sarflandi.
Jumladan:
2021-yilda – 111 nafar bola – 31 736 824 so‘m,
2022-yilda – 132 nafar bola – 52 782 950 so‘m,
2023-yilda – 110 nafar bola – 38 550 000 so‘m, 3 dona bepul berilgan.
2024-yilda – 175 nafar bola – 37 550 000 so‘m sarflangan.
Hisobot davrida madaniy-maʼrifiy ishlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda Madaniy-ommaviy tadbirlarga jami 10 546 858 552 so‘m:
2020-yilda – 1 029 444 738 so‘m,
2021-yilda – 1 431 774 139 so‘m,
2022-yilda – 2 077 529 030 so‘m,
2023-yilda – 2 496 047 185 so‘m,
2024-yilda – 3 512 063 460 so‘m sarflangan.
Jumladan, kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan Respublikamizda nishonlanadigan barcha bayramlar arafasida: 8-mart, Navro‘z, Mustaqillik va Yangi yil bayramlari arafasida kasaba uyushma aʼzolariga bayram tadbirlari tashkil etildi, bayram dasturxonlari tuzaldi. Bayram dasturxoniga – 3 080 531 705 so‘m mablag‘ sarflangan.
Korxona ishchi-xodimlarini teatrlarga, konsertlarga, muzeylarga, badiiy kurgazmalarga muntazam ravishda tashrifini tashkil etildi.
Korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni qalbiga milliy madaniyatimiz va maʼnaviy merosimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr va sanʼatga muhabbat, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini oshirish maqsadida A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga, O‘zbekiston milliy drama teatriga, Rus drama teatriga, Musiqali drama teatrlariga xodimlar va ulaning oila aʼzolarini tashriflari uyushtirildi. Bolalarni himoya qilish kuni, Yangi yil archa tomoshalariga, Estrada yulduzlari konsert dasturlariga va teatrlarga jami hisobot davrida 8 mingdan ortiq chiptalar xarid qilingan va xodimlarga bepul tarqatilgan. Teatr va konsert va chiptalariga – 583 767 980 so‘m, Bolalar kuni munosabati bilan hiyobonlarga, attraksionlarga, yangi yil tomoshalariga chiptalar hamda abonementlarga – 322 648 400 so‘m mablag‘ sarflangan.
Yangi yil arafasida xodimlarning farzandlariga yangi yil sovg‘alarga xarid qilindi va xodimlarning 12 yoshgacha farzandlariga bepul sovg‘a qilindi, bu ishlarga – 2 miliard 760 mln. 628 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
Har yili “Ishonch” va “Ishonch – Doveriye” gazetalariga va boshqa ommaviy axborot jurnallarga - 83 278 519 so‘mlik obuna bo‘lindi.
“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni jadal rivojlantirish, ishchi-xodimlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 8-yanvardagi “Xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun respublikamizning tarixiy shaxarlariga sayohatlar tashkil etish ishlariga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi 2-05 “s” sonli qaroriga asosan Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlarni har yili Respublikamizni tarixiy-madaniy markazlari: Xorazm, Samarqand, Buxoro, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga eko turizmga sayohatlar tashkil etildi. Sayohatlarda jami 2537 nafar:
Xivaga – 429 nafar;
Samarqandga – 598 nafar;
Buxoroga – 280 nafar;
Toshkent shahri va viloyatiga Eko turizmga (Amirsoy, Chimyon, Chorbog‘ tog‘ zonalariga) – 1120 nafar;
Zomin dam olish maskaniga – 78 nafar;
Farg‘ona shahriga – 35 nafar xodimlar va ularning oila aʼzolari sayohatga olib borildi.
Aksiyadorlik jamiyatidagi mavjud maʼrifat xonalari kitoblar, jurnal va gazetalar bilan taʼmilangan.
Bir so‘z bilan aytganda, xodimlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishlari, bilim saviyalarini va dunyoqarashlarini boyitishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Hurmatli konferensiyamiz ishtirokchilari!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari eng nufuzli xalqchil jamoat tashkiloti sifatida jamiyatimizda fuqarolarning erkin huquqiy demokratik jamiyatini qurish jarayonida o‘zining munosib o‘rniga ega ekanligini xalqimiz chin qalbdan tan olmoqda.
Kasaba uyushma aʼzolaridan moddiy yordam olish, sog‘ligini tiklash maqsadida, yo‘llanmalar olish va boshqa maqsadlar bo‘yicha har yili ko‘plab arizalar tushadi va barchasi ijtimoiy sherikchilik tamoyili asosida ish beruvchi bilan kelishgan holda ijobiy hal qilinganligi sababli, ularga to‘xtalib o‘tirmadim. Lekin ariza bo‘ladimi yoki og‘zaki murojaatlar bo‘ladimi, ularni ko‘rib chiqish O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi rayosatining qarori bilan, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunining bajarilishini taʼminlash yuzasidan tasdiqlangan nizomi asosida o‘z vaqtida ko‘rilmoqda va javoblari yozma holda berilmoqda.
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
Hisobot davrida jamiyat xodimlaridan moddiy ko‘mak so‘rab qilgan ko‘plab murojaatlari kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Moddiy yordam xarajatlariga smetaga ko‘ra 20 foiz belgilangan, moddiy axvoli og‘ir va davolanishga muhtoj xodimlarga arizalariga muvofiq 5 yil mobaynida – 1 421 212 845 so‘m moddiy yordam berilgan.
2020-yilda – 235 146 174 so‘m,
2021-yilda – 222 003 084 so‘m,
2022-yilda – 266 235 888 so‘m,
2023-yilda – 246 830 076 so‘m,
2024-yilda – 450 997 623 so‘m.
1-sentyabr o‘quv yili arafasida Aksiyadorlik jamiyatidagi ikki va undan ortiq farzandlari bor bo‘lgan ko‘p bolalik xodimlarni 744 nafar farzandlariga o‘quv-qurollari xarid qilib berildi bu maqsadlarga – 101 104 382 so‘m mablag‘ ishlatildi.
Aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Navro‘z” va “Yangi yil” bayramlarida mehrga tashna farzandlarimizni ko‘nglini shod etish maqsadida Chirchiq shahridagi mehribonlik uyi, Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxonlari tashkil etildi, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, o‘quv-qurollari sovg‘alari berildi. Bu ishlarga 8 371 000 so‘m mablag‘ sarflandi.
5 yil davomida Yangi yil arafasida 2 498 nafar xodimlarga oziq-ovkat mahsulotlari tarzida (yog‘, un, tuxum, shakar, guruch) moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Xayriya aksiyalariga – 98 607 500 so‘m mablag‘ sarflandi.
Pandemiya davrida gigiyena vositalari, maskalar xarid qilindi. Turkmaniston Respublikasidagi podstansiyadagi xodimlarni oziq-ovqat bilan taʼminlandi va bu ishlarga – 345 877 721 so‘m sarflandi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash bilan bir qatorda, korxonamizda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqgan nafaqaxo‘rlarni, mehnat faxriylarini, nogironlarni, kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni ham ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Har bayramoldi ularning holidan xabar olish, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini berish anʼanaga aylanib qoldi. Bu maqsadlarga hisobot davrida 19 530 000 so‘m mablag‘ sarflandi.
Hisobot davrida 120 nafardan ziyod Energetika faxriylariga “Nurafshon” va “Shifobaxsh Chimyon” sihatgohlariga bepul yo‘llanmalar berildi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi korxonada jismoniy tarbiya va sport ishlari rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga smeta asosida 10 foiz belgilanib jami besh yil mobaynida – 580 246 908 so‘m mablag‘ sarflangan:
2020-yilda – 109 628 721so‘m,
2021-yilda – 128 486 329 so‘m,
2022-yilda – 97 938 132 so‘m,
2023-yilda – 75 525 165so‘m,
2024-yilda – 168 668 561 so‘m.
Korxonada ishlab chiqarish sohasida mehnat qilayotgan ishlovchilarning sog‘liqlarini tiklash, ishdan bo‘sh vaqtlarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil qilish maqsadida Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va 8-dekar —Konistitutsiya kuni munosabati bilan sportning minifutbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, bouling, baliq ovi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelindi. G‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Hisobot davrida sport musobaqalarida 3000 ga yaqin xodimlar, shu jumladan ayollar va yoshlar faol ishtirok etishdi.
Minifutbol bilan shug‘ullanilari uchun futbol maydonlari ijarasi muntazam ravishda to‘lab berildi. Suv havzalariga 325 dona abonomentlar tarkatildi. Sport inventarlar, to‘plar, sport formalari, shaxmat-shashka doskalari, stol tennislari sotib olingan va xodimlar sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Ishlab chiqarish va ish sharoitidan kelib chiqib, ishchi-xodimlarga “Xodimlar gimnastikasi” mashqlarini bajarish uchun hamda ularni ish vaqtida kiritiladigan “sport daqiqalari” uchun maxsus tanaffuslarda sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, jismoniy faolligi darajasini yana-da oshirish maqsadida “Xodimlar gimnastikasi” mashqlarini bajarishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Maʼlumki, kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizmidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi IX-3 sonli hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 16-3 “s” sonli qarorlari bilan tasdiqlangan kasaba uyushma organlarida hisobot-saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomiga asosan shu yilning yanvar-fevral-mart oylarida Aksiyadorlik jamiyatimizning barcha filiallari, podstansiyalari, xizmat va bo‘limlarida kasaba uyushma tashkilotlari hisobot-saylov yig‘ilishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 2020-yildan 2025-yilgacha olib borilgan ish faoliyatining natijalariga baho berilib, navbatdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Hisobot-saylov yig‘ilishlarida ishchi-xizmatchilarimiz faol ishtirok etishdi. Bu esa, kasaba uyushma qo‘mitalari ijtimoiy sherikchilik asosida korxona maʼmuriyati bilan mehnatkashlar vakili sifatida o‘zining ko‘p qirrali vazifalarini bajarishda, yani korxonaning ishlab chiqarishda davlat rejalarini bajarishda, mehnatga oid munosabatlarni barqarorlashtirishda jamoa shartnomasiga amal qilish, mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarni o‘tkazish, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarni yaratish, ishchilar va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish, ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishini nazoratini yuritish kabi o‘ta muhim vazifalar masʼuliyati kasaba uyushma faollari zimmasida bo‘lganligi sababli, ishchi-xizmatchilar kasaba uyushma qo‘mitalariga kimlar saylanayotganliga befarq emasligini ko‘rsatdi.
“O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tasarrufidagi 18 ta filiallarda kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlarining hisobot-saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Hisobot-saylov konferensiyalarida 18 nafar kasaba uyushma qo‘mitasi raislari va 74 nafar kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari, 54 nafar taftish komissiyasi aʼzolari saylandi. Kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining 5 nafari ayollardir.
Maʼmuriy-xo‘jalik xarajatlariga smetaga ko‘ra xarajatning 35 foizi belgilanib, 5 yil mobaynida bu summa – 2 153 353 338 so‘mni tashkil etgan. Kasaba uyushma xodimlarining xizmat safari uchun – 93 020 505 so‘m, boshqa to‘lovlarga (bank xizmati) – 148 498 056 so‘m sarflangan.
Mukofot to‘lovlariga smetaga ko‘ra 10 foiz belgilanib, hisobot davri mobaynida bu maqsadlarga – 645 982 850 so‘m sarflangan.
5 yil mobaynidagi jami xarajat – 17 845 469 445 so‘mni tashkil qilgan.
2025-yil 1-yanvar holatiga kasaba uyushmasi byudjeti qoldig‘i – 910 192 223 so‘mdan iborat.
Nodira Xidirova, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati