⚡️ Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining viloyat hududidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘tkazayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
⚡️ Mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi amaliyotlar bilan band.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati