2024-yil davomida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari, shu jumladan ishchi tartibdagi haftalik, oylik va choraklik hisobot yig‘ilishlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan videoyozuv shaklida yozib olinib, Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi hamda ijroga yo‘naltiriladi. Axborot xizmati tomonidan Aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari, shu jumladan ishchi tartibdagi haftalik, oylik va choraklik hisobot yig‘ilishlarining ayrimlari (yig‘ilish davomida o‘quv malaka ishi, chaqirilgan mehmon yoki maxsus taqdimot mavjud bo‘lsa) rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritilib, rasmiy sahifalarga yuklab boriladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati