Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov tuman (shahar) prokurorlari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda energetika mavzusiga tegishli mavzu yuzasidan maʼruza bilan ishtirok etgan edi.
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida seminar ishtirokchilari ochiq taqsimlash qurilmasi, transformatorlar ish faoliyati hamda o‘chirgich va ajratkich uskunalarining zamonaviy turlari ish samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar.
Tuman (shahar) prokurorlaridan iborat tinglovchilar guruhi energetika tizim tashkilotlarining energiya samaradorligi va tejamkorligi borasidagi taqdimotlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
⚡️ Elektr va gaz taʼminoti korxonalarining elektron slayd taqdimotlarida tinglovchilarning texnologik sarf (yo‘qotishlar) hamda tijoriy yo‘qotishlar (noqonuniy ulanmalar) yuzasidan mavjud bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Veb-sahifa ♦ Facebook ♦ Instagram
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati