Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida energiya samaradorligini oshirishni ilmiy-texnikaviy jihatdan tahlil qilish maqsadida 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlarni boshladi.
Ishchi guruh va ilmiy xodimlar bilan birga energiya resurslarini iqtisod qilish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan respublika shtabining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, 6 ta yo‘nalishda ishchi guruhlar tuzilishi, ular tomonidan viloyatda energetika tizimini ilmiy yondashuvlarga tayangan holda o‘rganib chiqib, aniq hamda asoslantirilgan takliflarni taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Koson tuman shtabining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga energiya resurslarini yo‘qotish yuqori bo‘lgan hududlarda reyd tadbirlarini o‘tkazish, resurslarni iqtisod qilish borasidagi ishlarini yana-da kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, ushbu tumandagi yirik isteʼmolchi hisoblangan “Bunyodkor” MCHJ faoliyati bilan tanishilib, energiya resurslarini iqtisod qilish, energotejamkor uskunalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish taʼkidlandi.
Shuningdek, tuman ishchi guruhlari tomonidan yirik korxonalar, transformator punktlari, podstansiyalar, yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari ko‘zdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bu boradagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘ling!
Manba: https://t.me/uzbprokuratura/60418
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati