Bugun, 2025-yil 7-mart sanasida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati binosida ish soatlarining boshlanishi jamoamiz ayollarni tantanali kutib olish bilan boshlandi.
Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yigitlari, jamoamiz erkak xodimlari muhtarama ayollarimizni guldastalar bilan kutib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, haftaning har jumasi — Milliy liboslar kuni!
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz ayollar, jamoamiz xotin-qizlari!
Hurmat bilan,
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ jamoasi
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati