Bugun, 2025-yil 28-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi ishchi tartibidagi joriy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi va loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
► Sobirjon Sadullayevich 2024-yil 24-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–454-son qarorida belgilangan prognoz parametrlariga erishish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining roli va masʼuliyatiga oid taqdimot o‘tkazib, loyihalarni belgilangan muddatda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati