⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab o‘tkazilgan tonggi va kunduzgi navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi aks etgan.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
https://t.me/minenergy_uz/15144
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati