Bugun, 2025-yil 21-fevral kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
▶️ Elektr energiyasini uzatish hamda hisobga olish guruhiga mutaxassis lavozimlari.
1️⃣ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali uchun (takror);
2️⃣ «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali uchun.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
⇒ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati