Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJning bir guruh vakillari uchun London shahrida tashkil etilgan xalqaro moliya kurslarida malaka oshirmoqdalar. Navbatdagi o‘quv amaliyotini Finasia Capital LTD kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Otabek Isakov olib bordi.
Bu gal kreditor yoki investorlarning mablag‘larni boshqarish hamda qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi o‘ziga xos va farqli jihatlar, soliqqa tortish va soliq imtiyozlari, soliqqa oid masalalarning xalqaro normalari hamda daromad solig‘iga taalliqli muammolarning o‘ziga xos yechimlari kabi mavzular atrofidagi bilim-ko‘nikmalar mustahkamlandi.
▶️ Batafsil
Aksiyadorlik jamiyati bir guruh vakillarining xalqaro toifadagi malaka oshirish dasturi davom etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati