2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 17.02.2025
  • 62

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI:
 
▶️ Elektr tarmoqlariga ulanish shuʼbasi mutaxassisi (35–110 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish) lavozimi.
 
❗️Talablari:
 
1️⃣ Elektr tarmoqlari va tizimlarida faoliyat yuritgan oliy maʼlumotli muhandis-elektrik;
 
2️⃣ Elektr energetika sohasida kamida 5 yillik muhandislik lavozimlarida ish stajiga ega bo‘lishi (talabgorlarning “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimida, ayniqsa ishlab chiqarish texnik xizmatidagi ish stajiga ega bo‘lishi qo‘shimcha ustunlik beradi);
 
3️⃣ Sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi elektr tarmoqlariga  ulanish va ularni loyihalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy  va normativ-texnik hujjatlari, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari, Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari tegishli Qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda Sanitariya normalari va qoidalarini zarur hajmlarda bilishi;
 
4️⃣ 35–110 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarining sxemalari bilan ishlay olishi, texnik shartlar loyihalarini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
 
5️⃣ Edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo hujjat aylanish tizimi, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajasida, Autocad dasturida foydalanuvchi darajasida ishlay olishi, tegishli hisobotlarni shakllantirishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
 
6️⃣ Maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, jamoa bilan va o‘z ustida muttasil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, odob-axloq normalariga rioya etishi;
 
7️⃣ Davlat va rus tilini mukammal bilishi talab etiladi. Ingliz tillini bilishi  talabgorlarga qo‘shimcha ustunlik beradi.
 
LAVOZIM VAZIFALARI (maʼlumot o‘rnida):
 
1️⃣ 35–110 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlariga ulanish yuzasidan foydalanuvchilar bilan yozishmalarni olib borish, texnik shartlar loyihalarini shakllantirish, tegishli bo‘lim va xizmatlar bilan kelishish va rahbariyatdan tasdiqlatish;
 
2️⃣ Berilgan texnik shartlarning yagona elektron bazasini yuritib borish;
 
3️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar darajasidagi topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
 
4️⃣ 35–110 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlariga ulanish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish;
 
5️⃣ Lavozim yo‘riqnomasiga asosan mutasaddi bo‘lim va xizmatlar bilan maʼlumot almashib borish va boshqa vazifalar.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-66-15, 71-236-62-27

Onlayn rezyume 

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz 

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati