2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Xotin-qizlar
Saida Mirziyoyeva: Prezidentimiz aytganlaridek, «Oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi»
  • 12.02.2025
  • 29

Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!

Manba: https://t.me/SShMirziyoyeva/2652 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati