2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Yaponiyada 870°C haroratga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi atom-vodorod elektr stansiyasi loyihasi qayta tiklandi
  • 11.02.2025
  • 36

Yuqori haroratli gaz bilan sovutiladigan reaktor (HTGR) o‘z issiqligi yordamida suv molekulalarini vodorod va kislorodga ajratish uchun serno-yod sikli deb nomlangan kimyoviy reaksiyalar zanjirini ishga tushiradi.

Odatiy yadro reaktorlari taxminan 300°C haroratga erishsa, HTGR 870°C va undan yuqori haroratda ishlash qobiliyatiga ega. Bu reaktorning ultra yuqori harorat ishlab chiqarish imkoniyati uning vodorod ishlab chiqarishdagi asosiy ustunligidir.  

Loyiha doirasida vodorod ishlab chiqarish majmuasi va HTTR reaktori quvur orqali bog‘lanadi. Bu tizimda yuqori haroratli geliy aylanib, uning issiqligi suv va metan o‘rtasidagi reaksiyani rag‘batlantiradi. Natijada katta miqdorda vodorod hosil bo‘ladi.

Manba: https://t.me/Energetika/7577

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati