2025-yil 31-yanvar kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi. Vazirlik va idoralar hukumat doirasidagi ishlar va tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni chop etishdan oldin bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishi talab etiladi.
Qarorga ko‘ra, rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiriladi yoki ularning faoliyati to‘xtatiladi.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/49444
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati