2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda ta’mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 03.02.2025
  • 37

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasida 110 kV kuchlanishli elergazli o‘chirgichni joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiya transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkischlari nazoratga olingan.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati