Murojaat egasi: Bahranov Maʼmurjon Sapo o‘g‘li.
Elektron pochta: oktoosh@gmail.com
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Tarmoqqa yangi ulanishim kerak. Shu vaqtgacha ulanmagan uy. Shunga tarmoqga ulanish uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumot olmoqchiman. Elektr hisoblagich kimning hisobidan qo‘yiladi? Kim tomonidan tarmoqqa ulanadi va kimning hisobidan? Yana nimalarga xarajat qilinadi? Masalan, yangi kod olishga yoki shu kabilar haqida ham maʼlumot bersangiz... Sizlarga oldindan rahmat!
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Maʼmurjon Sapo o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz
Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.
Transport:
Metro: Amir Temur bekati
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98
Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
Tel: (998 71) 236-3822
Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz
Ish grafigi:
dushanba - juma: 9:00 - 18:00
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
shanba, yakshanba: dam olish kuni
Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati