Yangiliklar
O‘zbekistonda yana bir universitet filialida xalqaro darajadagi energetiklar tayyorlanishi boshlanadi
  • 06.01.2025
  • 31

«MISIS» universitetining Olmaliq filiali «Elektr energetikasi va elektrotexnika» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berish uchun litsenziya oldi.

Litsenziya olish jarayoni bir yildan ortiq vaqt talab etadi va bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi: kampusda sharoit yaratishdan tortib, professor-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlashgacha.

Talabalar qabuli 2025-yildan boshlanadi.

Filial negizida magistrlik dasturlarini o‘z ichiga olgan Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM) ham tashkil etiladi. Filial 2018-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va allaqachon konchilik, metallurgiya va avtomatlashtirish sohasida mutaxassislar tayyorlamoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/14421

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>