2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
«Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali: “Qamchiq” dovonida qo’mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi
  • 06.01.2025
  • 88

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 184-son bayoni hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining “Qamchiq” dovonida favqulodda vaziyatlarda davlat tizimiga (keying o’rinlarda – FVDT) kiruvchi vazirlik va idoralarning boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risidagi 2024-yil 29-noyabrdagi 410-son buyrug’i  ijrosini ta’minlash nazarda tutilgan.

“O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2024-yil 10-dekabrdagi 19-sonli buyrug’i ijrosi ta’minlash maqsadida “Qamchiq” dovonida FVDT boshqaruv organlari, kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida kompleks o‘quv mashqi o‘tkazildi.

E‘tiboringizga havola etilayotgan suratlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda «Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali mutaxassislari ishtirokida “Qamchiq” dovonda o‘tkazilgan mazkur tadbir jarayoni aks etgan.

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati