Korrupsiyaga qarshi kurashish
Tashkilotlarining ochiqlikka mas’ul xodimlari uchun “E-learning” ta’lim platformasi ishlab chiqildi
  • 25.09.2024
  • 60

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan onlayn malaka oshirish tizimini elektron platforma asosida yo‘lga qo‘yish yuklatilgan bo‘lib, Agentlik tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti moliyaviy ko‘magida davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka mas’ul xodimlarini o‘qitishga qaratilgan “E-learning” ta’lim platformasi ishlab chiqildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning idoraviy hujjat bilan ochiqlikka oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashga mas’ul etib belgilangan xodimlari platforma orqali kurslarda faol qatnashib o‘zlarining bilim va malakalarini oshirib kelmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>