“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2023-yil uchun Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha reja va haqiqiy amaldagi ko‘rsatkichlar tahlili bo‘yicha ma'lumot
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023-yil davomida mamlakatimiz va uning tashqarisida elektr energiyasini xarid qilish hamda sotish, tranzit, eksport va import amaliyotlari bajarildi. 2023-yil uchun eng asosiy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi, ya'ni sarhisob tahlilini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin:
mln.so‘m
|
Ko‘rsatkichlar nomi |
Biznes reja bo‘yicha |
Haqiqatda |
% |
1 |
Mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum |
29 954 159 |
30 759 328 |
102,7 |
2 |
Sotilgan mahsulotlar tannarxi |
32 599 365 |
33 008 340 |
101,2 |
3 |
Davr xarajatlari, shu jumladan |
416 075 |
380 814 |
91,5 |
4 |
Sotish xarajatlari |
43 304 |
21 733 |
50,1 |
5 |
Boshqaruv xarajatlari |
79 744 |
82 159 |
103,0 |
6 |
Boshqa operatsion xarajatlar |
293 027 |
276 921 |
94,5 |
7 |
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari |
171 773 |
138 959 |
80,8 |
8 |
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, shu jumladan |
25 000 |
145 329 |
581,3 |
9 |
Dividendlar shaklidagi daromadlar |
|
985 |
|
10 |
Foizlar shaklidagi daromadlar |
|
6 055 |
|
11 |
Valyuta kursi farqidan daromadlar |
25 000 |
138 288 |
553,1 |
12 |
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar |
417 018 |
553 637 |
132,7 |
13 |
Foyda solig‘ini to‘langunga qadar foyda (zarar) |
-3 478 299 |
-2 899 175 |
83,3 |
14 |
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) |
-3 478 299 |
-2 899 174,618 |
83,3 |
2023-yil moliyaviy faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sof tushum rejaga nisbatan qariyb 102,7 foizga bajarilgan, sotilgan mahsulotlar tannarxi esa rejaga nisbatan 1,2 foizga ko‘p xarajat qilingan.
Bundan tashqari, 2023-yil davr xarajatlari 8,5 foizga rejaga nisbatan kamroq amalga oshirilgan, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari esa rejaga nisbatan 70,6 foizga bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin. Yakuniy moliyaviy holat esa, ya'ni 2023-yil yakunlarida jamiyat rejaga nisbatan 16,7 foizga kamroq sof zarar ko‘rgan.
Aksiyadorlik jamiyati kelgusida moliyaviy holatini barqaror saqlab turishi uchun mahsulot tannarxini kamaytirish va, bundan tashqari, har bir sotiladigan tayyor mahsulot birligi uchun belgilangan savdo ustamalarini ko‘tarish orqali erishish mumkin.
✍️ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati