Yangiliklar
DAM OLISH KUNLARI ELEKTR TA'MINOTIGA CHEKLOVLAR KIRITILMADI. TURKMANISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI IMPORT HAJMI OSHIRILDI
  • 27.07.2020
  • 888

   Avval xabar berganimizdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshishi natijasida iste'mol darajasining keskin ko‘tarilishi, O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi suv resurslari tanqisligi tufayli sezilarli darajada kamaygani, bundan tashqari, Tojikiston Respublikasidan qabul qilinayotgan import amaliyotining keskin kamayishi (Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborlaridagi suv sathini kamayishi oqibatida) sababli elektr ta'minoti tizimiga 0,8-1,0 foiz miqdorida cheklovlar kiritilayotgani, biroq bu jarayon issiqlik elektr stansiyalari ish hajmining oshirilishi evaziga bartaraf etilayotgani haqida rasmiy bayonot berilgan edi:

 

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   Rasmiy saytda: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Расмий сайтда: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Подробно: http://uzbekistonmet.uz/ru/

 

   ❗️Shuningdek, masalani ijobiy hal etish maqsadida Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini birmuncha oshirish yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani, bu jarayon 28-iyul sanasidan boshlanishi rejalashtirilgani haqida ma'lum qilgan edik. 

 

   ⚡️ QO‘SHIMCHA MA'LUMOT:

 

   FM.87.9 «O‘zbekiston-24» radiosining «Fikrlar maydoni» dasturidagi muhokama: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   O‘zbekistonda bir kunda qancha elektr energiyasi iste'mol qilinadi?

   https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Barchaga dahldor mavzu: energiya ta'minotidagi texnologik sarflar hajmini bilasizmi? https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   Rasmiy bayonotlarning turli talqini (xolis va noxolis yondashuv) iste'molchilar fikrini chalg‘itishi mumkinligi: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

 

   ‼️ RASMIY BAYONOT:

 

   ✔️ Bugun, 27-iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirildi. Hozircha 500 kVli Qorako‘l–Serdar havo tarmoqlari orqali O‘zbekistonga 80 MVt quvvat yetkazib berilmoqda. Kun davomida yetkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVtgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

   ✔️ O‘tgan haftaning shanba va yakshanba kunlari energetika tizimida iste'molni cheklash holatlari kuzatilmadi. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boshlanishi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qo‘shimcha ravishda yangi haftaning ish kunlarida ham (odatda dam olish kunlariga nisbatan iste'mol darajasi keskin oshishi kuzatiladi) iste'molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash imkonini beradi.

https://faraj.tj/slide/zbekiston-voridoti-barq-az-tojikiston-kohish-joftaast/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>