Tenderlar
XARIDLAR BO‘YICHA UMUMIY XABARNOMA
  • 09.03.2023
  • 477

Sana: 2023-yil 9-mart

Davlat/ Qarz oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi

Loyiha nomi: 52322-004/Elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish loyihasi.

 

Amalga oshiruvchi tashkilot nomi va manzili:

Umid To‘rayev, LAOG rahbari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Davlat: O‘zbekiston Respublikasi

Shahar: Toshkent

Ko‘cha: Osiyo ko‘chasi 42-uy

Pochta indeksi: 100 084

Telefon raqami: + 998 71 236-66-16

Elektron pochta: negupmu.adb@gmail.com va negupmu.adb@uzbekistonmet.uz

 

Loyiha to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish loyihasini moliyalashtirish maqsadida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta viloyatida (Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy) umumiy uzunligi qariyb 358 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 ta 220 kV kuchlanishli “Fayzobod”, “Zafar”, “Obi-hayot” va “Zarafshon” podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.

 

Amalga oshiriluvchi ishlarning qisqacha tavsifi:

1-paket: O‘zbekistonning 7 ta viloyatida 3 ta lotdan iborat yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish.

1-lot № OCB/EPC/HVTL-01/1: Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yuqori  kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, yetkazib berish va qurish.

Tender savdolari usuli: OCB

Tender tartibi: 1S1E

2-lot № OCB/EPC/HVTL-01/2: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, yetkazib berish va qurish.

Tender savdolari usuli: OCB

Tender tartibi: 1S1E

3-lot № OCB/EPC/HVTL-01/3: Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, yetkazib berish va qurish.

Tender savdolari usuli: OCB

Tender tartibi: 1S1E

 

2-paket: O‘zbekistonning 3 ta viloyatidagi podstansiyalarni loyihalashtirish, yetkazib berish va qurish.

Tender savdolari usuli: OCB

Tender tartibi: 1S1E

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar olishni xohlovchi Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo davlatlar ishtirokchilari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga murojaat qilishlari mumkin.

 

“OTB loyihalari” LAOG

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
t.me/uzmetaxborotxizmati

>