Korrupsiyaga qarshi kurashish
prokuratura.uz — MANSABDOR SHAXSLAR JINOYATCHILIGI TAHLILI
  • 01.02.2023
  • 441

2022-yil davomida respublika bo‘yicha jami 2.965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2.742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2.103 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 265 nafari mansab mavqyeini suiiste'mol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxo‘rlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. so‘mi undirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy Telegram-kanali

https://t.me/uzbprokuratura

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>