MHXS
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Yung” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
  • 24.01.2022
  • 538

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Moliyaviy hisobotning Xalqaro standartlarini joriy kilish bo‘limi 2019–2020-yillar uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ma'lumot.

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini “big four” katta to‘rtlikka kiruvchi Xalqaro auditorlik kompaniyasi “Ernst & Yung” MCHJ tomonidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi va yakunda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarga “Ijobiy auditorlik xulosasi”ga ega bo‘ldi.

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019-, 2020- va 2021-yilgi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini 2021-yil 31-mart kuni “Ernst & Yung” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xalqaro auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi.

  Xalqaro auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini tuzishga Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish maqsadida “HLB Tashkent” MCHJ bilan 2021-yil 7-sentabr kuni shartnoma imzolandi.

  Bundan tashqari, 36-sonli “Aktivlarning qadrsizlanishi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablariga muvofiq jamiyat aktivlarini qadrsizlanishga tekshirish bo‘yicha “KPMG Valuation and onsalting” MCHJ bilan 2021-yil 22-sentabrda shartnoma imzolandi.

  Mazkur xulosa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning moliyaviy faolitiga Xalqaro darajada baho berib, Aksiyadorlik jamiyatining kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, Xalqaro kredit reytinglarini olish, aksiyalarini xalqaro birja bozorlariga olib chiqish kabi bir qator afzalliklarni taqdim etadi.

  Shu bilan birga, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi Butunjahon moliyaviy tashkilotlariga elektr-energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyiha va strategik kelishuvlar oldidan Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati to‘g‘risida yanada kengroq va ishonchliroq ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2021-yil uchun konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va, albatta, 2021-yil uchun tuziladigan moliyaviy hisobotlarni “Ernst & Yung” MChJ Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgandan so‘ng Xalqaro kredit reyting tashkilotlariga taqdim etilishi belgilab olindi.

 

  ✍️ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi

  Заключение Consolidated FS_JSC_NES_2020_signed

  Заклячения_Consolidated_financial_statements_NES_ENG_2020_with_audit

 

  https://kun.uz/81493260

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1691

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>