Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmatining 2021-yilgi faoliyati yuzasidan hisoboti (hisobotlar sarlavhasi va havolalar jadvalida)
  • 20.12.2021
  • 370

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotlar e'lon qilinmoqda.

  Shuningdek, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar keng jamoatchilik e'tiboriga yoritib borilmoqda.

  Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida:

  8 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/30

  24 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/31

  14 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/32

  18 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/33

  9 ta Normativ hujjatlar  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/34 

  2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/18

  va sohaga aloqador boshqa muhim hujjatlarga havolalar ko‘rsatilgan.

  Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga https://regulation.gov.uz/uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi. Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida ("O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ t.me/uzmetaxborotxizmati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta IShONCh RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-68-08; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami)  71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6865 telefon raqamlari ishlab turibdi.

  Shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545 barqaror faoliyat yuritmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

 

  Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e'lon qilinmoqda.

  2021-yilda https://www.uzbekistonmet.uz veb-saytida quyidagi o‘zgarishlar, yangiliklar amalga oshirildi:

  • “Investitsiya salohiyati” rukni tarkibida beshinchi nimrukn — “Tashqi qarz” nimrukni ochildi va tegishli ma'lumotlar bilan to‘ldirildi —  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/54;
  • “Bo‘sh ish o‘rinlari” rukni tarkibida ikkinchi nimrukn — “Onlayn rezyume” nimrukni ochildi va u yerda murojaatchilar o‘z tarjimai holi, ya'ni rezyumeni to‘ldirib kiritishi va Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari bilan onlayn rejimga muloqotga kirishi imkoniga ega —  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/appeal/resume;
  • https://www.uzbekistonmet.uz veb-saytining bosh sahifasida “Onlayn maslahatchi” elektron dasturi ishga tushirildi. Bu interaktiv dastur orqali murojaatchilar o‘z savollari bilan murojaat qilishlari mumkin. Operatorlar (Axborot xizmati, Devonxona) murojaatchilarga onlayn muloqotda javob (tavsiya, maslahat va ma'lumot) taqdim etadi.

E'tiboringizga Axborot xizmatining 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi qisqacha hisobot ma'lumotnomasi (sarlavha va havolalar bilan) taqdim etiladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmatining 2021-yil davomida — I, II, III va IV chorak media-rejalariga
muvofiq e'lon qilgan hisobotlari haqida qisqacha ma'lumot

 

U.P.Urunov,  
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining
matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>