2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Har bir ochiq maʼlumotlar to‘plamining dolzarbligini baholash imkoniyati

Ochiq maʼlumotlar to‘plamining dolzarbligini baholash imkoniyati rasmiy veb-saytning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida mavjud bo‘lib, bildirilgan fikrlar inobatga olinadi va kommentlar mazmuniga qarab baholash monitoringi yuritiladi.

  • 10.07.2025
  • 638
Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida aholini qiziqtirgan masalalar yuzasidan onlayn so‘rovnoma

Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida aholini qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan onlayn so‘rovnoma o‘tkazib borish (har yarim yilda bir marotaba) masalasi hozirda texnik takomillashtirish bosqichida. Qolaversa, Aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyati yo‘nalishiga muvofiq isteʼmolchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormasligi (xizmat ko‘rsatmasligi, shartnomalar imzolamasligi) uchun, o‘tkazilayotgan so‘rovnoma savol-javoblarida turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolati doirasidagi masalalar bilan chalkashlik yuzaga kelmoqda.

  • 10.07.2025
  • 536
Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash tizimi

Aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining taklifi va tashabbusi bilan 2019-yildan buyon "YIL SARHISOBI" nomli turkum hisobotlar eʼlon qilib boriladi. Bu orqali Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi har bir bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, xizmat va filiallarning bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etib boriladi.

  • 10.07.2025
  • 611
Ochiqlik sohasidagi o‘z faoliyatini takomillashtirish yoki ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar ijrosi

Aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati va Muvofiqlik (komplayns) xizmati tomonidan har yili ochiqlik sohasidagi o‘z faoliyatini takomillashtirish yoki ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha 3 tadan kam bo‘lmagan takliflar ishlab chiqib, ochiq eʼlon qilish anʼanasi mavjud.

  • 10.07.2025
  • 626
Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi ichki idoraviy hujjat

Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi ichki idoraviy hujjat hamda davlat xaridlariga oid shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi komissiya aʼzolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (komissiya tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror, xarid komissiyasi aʼzolarining maʼlumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) eʼlon qilingan.

  • 10.07.2025
  • 600
Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar (xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror, xarid komissiyasi aʼzolarining maʼlumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) eʼlon qilingan.

  • 10.07.2025
  • 555
Budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar

Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar (xarid eʼlon qilinishidan kamida 6 oy oldin) eʼlon qilinganligi — Aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lganligi sababli bunday mablag‘lar to‘g‘risidagi maʼlumotlar mavjud emas. Aksiyadorlik jamiyatining xaridlar bo‘yicha faoliyatiga taalluqli axborot "Investitsiya salohiyati" bosh rukni, “Eʼlonlar” nomli nimrukn tarkibida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.

  • 10.07.2025
  • 607
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar

Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (soni, joylashgan manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kadastr raqami, balansga olingan vaqti, qiymati, qayta baholangan narxi va saqlash xarajatlari) ochiq eʼlon qilinmoqda. Masʼul boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ilova sifatida biriktirilgan va eʼlon qilib borilmoqda.

  • 10.07.2025
  • 636
2025-yil 2-chorak davomida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari

2025-yil 2-chorak davomida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari, shu jumladan ishchi tartibdagi haftalik, oylik va choraklik hisobot yig‘ilishlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan videoyozuv shaklida yozib olinib, Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi hamda ijroga yo‘naltiriladi. Axborot xizmati tomonidan Aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari, shu jumladan ishchi tartibdagi haftalik, oylik va choraklik hisobot yig‘ilishlarining ayrimlari (yig‘ilish davomida o‘quv malaka ishi, chaqirilgan mehmon yoki maxsus taqdimot mavjud bo‘lsa) rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritilib, rasmiy sahifalarga yuklab boriladi.

  • 10.07.2025
  • 616
Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va yillik ish rejalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-son Qonuni 75-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida, Aksiyadorlik jamiyatning 2025-yil uchun

  • 10.07.2025
  • 544
Rejalashtirilgan taʼmirlash-sozlash ishlari haqida ma’lumot

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani. 14-iyuldan 18-iyulgacha 110/35/10 kV kuchlanishli «Biybazar» podstansiyadagi T-1-110 kV kuch transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi.

  • 10.07.2025
  • 259
110/35/10 kV kuchlanishli «CHORVADOR» podstansiyasida ta'mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi

Avval xabar berganimizdek 2025-yil 9-iyul kuni 110/35/10 kV kuchlanishli «CHORVADOR» podstansiyasida 10 kVli V-T2-10 kV o‘chirgichida aniqlangan nosozlik hozirda to'liq bartaraf etildi.

  • 09.07.2025
  • 387
110/35/10 kV kuchlanishli «Chorvador» podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli «CHORVADOR» podstansiyasida 10 kVli V-T2-10 kV o‘chirgichida aniqlangan nosozlik sababli Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining ayrim hududlaridagi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilimoqda.

  • 09.07.2025
  • 339
Chiroqchi tumanining ayrim hududlari iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

⚡️ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli «CHORVADOR» podstansiyasida 10 kVli V-T2-10 kV o‘chirgichida aniqlangan nosozlik sababli Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining ayrim hududlaridagi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

  • 09.07.2025
  • 414
XORAZM VILOYATI: 110 kV kuchlanishli podstansiyalarda mukammal ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda

110/35/6 kVli “Urganch” podstansiyasida joylashgan V-T-2-35 kV o‘chirgichida rejali mukammal ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

  • 09.07.2025
  • 367
TOSHKENT VILOYATI: Energetika obyektlarida mavsumiy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 09.07.2025
  • 435
NAMANGAN VILOYATI: 110/6 kV kuchlanishli “Sherbuloq” podstansiyada joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ balansidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansiga qabul qilingan “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/6 kV kuchlanishli “Sherbuloq” podstansiyasida Filial bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik reja hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 09.07.2025
  • 415
Diqqat,e'lon! Nishon tumanining "Cho‘li-bo‘ston" MFY hududida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli "Gulbog'" podstansiyasida transformator yuklamasining keskin ortishi natijasida 1600 kVa transformator o'rniga 2500 kVa transformator o'rnatilishi munosabati bilan

  • 09.07.2025
  • 283
TOSHKENT VILOYATI: Energetika obyektlarida mavsumiy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 08.07.2025
  • 352
NAMANGAN VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyada rejaga asosan joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik reja hamda 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

  • 08.07.2025
  • 409