OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Hisob palatasi har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berib boradi

“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

  • 20.07.2023
  • 107
uza.uz — Investitsiya bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi rahbari, janob Andi Aranitasining tayinlovi munosabati bilan mazkur bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Zsuzsanna Hargitai xonim boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

  • 20.07.2023
  • 187
MDH davlatlari yagona yashil maydon yaratish masalasini muhokama qilmoqda

Hamdo‘stlik davlatlari energiya sarmoyadorlari va tartibga soluvchilarga ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli sxemalarni sinxronlashtirishda yordam bermoqchi. Mexanizmlar sifatida ular CVAMni joriy etish, CO2 emissiyasi kvotalari va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun yashil sertifikatlar savdosi uchun end-to-end tizimini yaratishni muhokama qilmoqdalar.

  • 19.07.2023
  • 135
Bu yil elektr ta'minotida muammo bo‘lmaydimi?

Savolning javobi faqat ta'minotchilarga emas, iste'molchilarga ham bog‘liqligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filialida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayta-qayta ta'kidlandi.

  • 18.07.2023
  • 165
zarnews.uz — Nega yozda ham “svet” ko‘p o‘chyapti?

Faqat barchani bitta savol qiynaydi. Avval qish mavsumida elektrda uzilish bo‘lardi, nega hozir yoz faslida ham joylarda elekt energiyasida ko‘p uzilishlar kuzatilmoqda? – Bunga asosiy sabablardan biri — mahallalardagi daraxtlarning elektr uzatish liniyalariga tegib, simlarning uzilishi, elektr energiyasining yo‘qotilishi, – deydi Hududiy elektr tarmoqlariAJ Samarqand filiali direktori Umid Nazarov. – Albatta, buni oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

  • 18.07.2023
  • 63
kun.uz — «Elektr energiyasi narxi oshirilsa, boylar ko‘proq to‘lashi lozim» – Germaniyadagi o‘zbek energetigi bilan suhbat

Sirdaryolik Ravshan Xo‘janov uzoq yillardan beri energetika sohasida faoliyat yuritadi. U 2007-yildan beri Germaniyada yashab kelmoqda. Mutaxassis qanday qilib Germaniyaga borib qolgani, u yerdagi hayoti, O‘zbekistonga qaytib, Moliya vazirligida ma’lum muddat ishlagani, mamlakatda energetikaning kelajagini qanday ko‘rishi haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.

  • 17.07.2023
  • 58
qalampir.uz — Farg‘onada 18 mlrdlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Farg‘ona viloyatida 6 oy davomida 18 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

  • 16.07.2023
  • 56
Ta'ziya izhor etamiz!

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati uzoq yillar energetika tizimida rahbarlik vazifalarida samarali faoliyat olib borgan sohamiz faxriysi va fidoiysi Abdullayev Xamidulla Nabibullayevich vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya izhor etadi.

  • 13.07.2023
  • 95
daryo.uz — “Bu bo‘rini itga talattirishdek gap” — iqlimshunos jazirama yozda elektr tarmoqlarini taʼmirlash noto‘g‘riligi haqida

Energotizmda taʼmirlash ishlarini jazirama yozda emas, balki aprel va oktyabr oylarida tartibli, keng miqyosda amalga oshirish vaziyatni yumshatadi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram–kanalida fikrlarini bayon qildi.

  • 13.07.2023
  • 76
gazeta.uz — Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar, jumladan, elektr energiyasi, gaz, aloqa, yo‘llar va aviatsiya bilan bog‘liq sohalarda bosqichma-bosqich mustaqil bozor regulyatorlari instituti joriy etiladi. Raqobat qo‘mitasi 2025-yilgacha bu bozorlardagi tariflarni tartibga solishni ularga topshirishi kerak bo‘ladi.

  • 12.07.2023
  • 70
TOSHKENT VILOYATI: Yana g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborilgani xabar qilindi

5-iyul kuni Piskent tumanidagi «Uchqun agrobiznes» fermer xo‘jaligiga tegishli 9,2 gektar yer maydonidagi g‘alladan bo‘shagan somonpoya qoldiqlari yoqib yuborilgani sababli tabiatga 17,4 mln so‘m zarar yetdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

  • 06.07.2023
  • 132
Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi

Respublika bo‘yicha ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avvallari ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffisientini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarni oldini olish maqsadida Energetika vazirligi va vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq na’munasi ishlab chiqildi.

  • 05.07.2023
  • 145
kun.uz — Statistika agentligi gaz eksporti haqida batafsil ma’lumot berilmasligini izohladi

Statistika agentligi rasmiysi tashqi savdo bo‘yicha e’lon qilib boriladigan statistik hisobotlar juda yuzaki ekani haqidagi savolga javoban, tovarlar kesimida eksport-import ma’lumotlari bazasi juda katta bo‘lgani uchun ular BMTning tegishli portaliga joylab borilishini aytdi. Shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.

  • 05.07.2023
  • 117
uza.uz — Quyosh elektr stansiyasi tufayli korxonada yiliga qo‘shimcha 1,8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

  • 26.06.2023
  • 97
daryo.uz — Toshkentdagi transformatorlarning 37 foizi 40 yildan beri ishlayotgani maʼlum qilindi

Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmoqlarining qariyb chorak qismi va yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlarning 37 foizdan ortig‘i 40 yildan ziyod vaqtdan buyon ishlab kelmoqda. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.

  • 22.06.2023
  • 124
ishonch.uz — Mulohaza: har mavsumda shu bo‘lar takror… Hosildan bo‘shagan dalalarga o‘t qo‘yish qachon barham topadi?

Hosildan bo‘shagan dalalarga o‘t qo‘yish qachon barham topadi? Vaholanki, har yili hali bug‘doy o‘rimi boshlanmasdan avval ekologiya mutasaddilari somoni yig‘ishtirib olinadigan ekin maydonlariga o‘t qo‘ymaslik haqida keng tushuntirish ishlari olib borishadi. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinki, hyech kimning hyech nimadan xabari yo‘qday dalalarga yana o‘t qo‘yilaveradi.

  • 22.06.2023
  • 116
uza.uz — Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda energetika tizim tashkilotlari namuna bo‘layaptimi?

Bugungi kunda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi bino-inshootlariga o‘rnatilgan quyosh panellari ichki ehtiyojni ta’minlash bilan birga, tuman elektr ta’minoti korxonasi tarmog‘iga ham elektr energiyasini uzatmoqda.

  • 21.06.2023
  • 107
Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi

Bugun, 16-iyun kuni Andijon viloyatida yangi mikro GESlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • 16.06.2023
  • 136
minenergy.uz — Rossiya gazi O‘zbekistonga yetkazib beriladi

Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

  • 16.06.2023
  • 114
Press-tur: O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

Bugun, 13-iyun kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

  • 13.06.2023
  • 108
>