OAV va jamoatchilik bilan ishlash
kun.uz — Eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma’lum qilindi
  • 09.08.2023
  • 229

Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2022-yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yilda NKMK – 15,4 trln so‘m, OKMK – 6,67 trln so‘m sof foyda ko‘rgan.

Foto: Kun.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2023-yil 1-yanvar holatiga 2340 tani tashkil etib, shundan 224 tasi aksiyadorlik jamiyatlari, 1219 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat va 897 tasi davlat unitar korxonalari hisoblanadi.

 

2022-yilda 1206ta korxona 41 trln 52,5 mlrd so‘m daromad olgan. Shundan eng ko‘p sof foyda ko‘rgan 30 ta davlat kompaniyalari:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – 15,4 trln so‘m;

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 6,67 trln so‘m;

3. “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ – 2,4 trln so‘m;

4. “Navoiyuran” DK – 2 trln so‘m;

5. “Navoiyazot” AJ – 1,33 trln so‘m;

6. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ– 1,16 trln so‘m;

7. “Ipotekabank” ATIB – 1,16 trln so‘m;

8. “O‘zbekneftgaz” AJ – 1,1 trln so‘m;

9. “UZBAT” AJ – 988 mlrd so‘m;

10. “O‘zavtosanoat” AJ – 871 mlrd so‘m;

11. “Agrobank” AJ – 609 mlrd so‘m;

12. “Trastbank” AJ – 605 mlrd so‘m;

13. “O‘zsanoatqurilishbank” AJ – 589 mlrd so‘m;

14. “Ipak yo‘li” ATIB  – 470 mlrd so‘m;

15. “Qishloqqurilishbank” AJ – 437 mlrd so‘m;

16. “O‘zkimyosanoat” AJ – 434 mlrd so‘m;

17. “Uzbekistan airpors” AJ – 385 mlrd so‘m;

18. “Uzbekistan airways” AJ – 54 mlrd so‘m;

19. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ– 243 mlrd so‘m;

20. “Farg‘onaazot” AJ– 234 mlrd so‘m;

21. “Aloqabank” AJ – 228 mlrd so‘m;

22. “O‘zbektelekom” AJ – 227 mlrd so‘m;

23. “Hududgazta’minot” AJ – 202 mlrd.so‘m;

24. “Tovar xomashyo birjasi” AJ – 198 mlrd so‘m;

25. “O‘zaeronavigatsiya markazi” – 137 mlrd so‘m;

26. “O‘zdonmahsulot” AJ – 134 mlrd so‘m;

27. “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK – 118 mlrd so‘m;

28. “O‘zbekiston-Ummon” investitsiya kompaniyasi MChJ – 101 mlrd so‘m;

29. “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ – 99 mlrd so‘m;

30. “O‘zbekko‘mir” AJ – 55 mlrd so‘m.

2022 yilni 439 ta korxona umumiy hisobda 13 trln 169,8 mlrd so‘m so‘m zarar bilan yakunlagan. Ulardan eng ko‘p zarar ko‘rgan 20 tasi quyidagilar:

1. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ – 4,34 trln so‘m;

2. “Uzgastrade” AJ – 3,96 trln so‘m;

3. “O‘ztransgaz” AJ – 2,17 trln so‘m;

4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – 1,17 trillion so‘m;

5. “Yangi Angren IES” AJ – 237 mlrd so‘m;

6. “Angren IES” AJ – 208 mlrd so‘m;

7. “Toshshahartransxizmat” AJ  – 155 mlrd so‘m;

8. “Grand Road Tashkent” MChJ – ​​93 mlrd so‘m;

9. “Angren issiqlik energiyasi” DUK – 58 mlrd so‘m;

10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 57 mlrd.so‘m;

11. “Uz-Dong Yang Company” QK – 55 mlrd so‘m;

12. “Toshkent issiqlik markazi” DUK – 52 mlrd so‘m;

13. “Oltin Kon” MChJ – 37 mlrd.so‘m;

14. “Issiqlik Manbai” DUK – 34 mlrd so‘m;

15. “Nurlikum Uzbek-French joint venture” MChJ – 29 mlrd so‘m;

16. "FK Bunyodkor" MChJ – 27 mlrd so‘m;

17. "Paxtakor futbol klubi” – 25 mlrd so‘m;

18. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi – 22 mlrd so‘m;

19. “O‘zagroeksportbank” AJ – 18 mlrd so‘m;

20. “O‘zsuvqurilish” AJ – 1,6 mlrd so‘m.

Manba: https://kun.uz/uz/19152248

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>