Yangiliklar
2020–2021-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: «FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI HISOBOTI
  • 04.09.2020
  • 718

  «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ishlab chiqilgan reja-tadbirga ko‘ra belgilangan ishlarni yakunlamoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, «COVID-19» pandemiyasi asoratlari hamda joriy yil bahor-yoz oylarining iqlim injiqliklari barcha soha-tarmoqlar qatorida energetiklar uchun ham sinovli davr bo‘ldi.

  Filial jamoasining o‘z xizmat vazifasiga mas'uliyat bilan yondashganligi, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajargani tufayli joriy yil uchun rejalashtirilgan elektr qurilmalarini mukammal ta'mirlash rejasi bajarildi.

  Xususan, 35–110–220 kVli kuchlanishli podstansiyalardagi jami mukammal ta'mir rejasiga kiritilgan 19 dona o‘chirgichlar o‘rniga amalda 21 dona o‘chirgichlar ta'mirlanib, kuz-qish mavsumi oldidan yuqori kuchlanishli elektr uskuna va jihozlarining foydalanishga yaroqlilik ko‘rsatkichi, elekr ta'minotida ishonchlilik darajasi birmuncha oshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘chirgichlar mukammal ta'mir amaliyoti rejaga nisbatan 110,5 foizga bajarildi.

  Shuningdek, rejaga muvofiq 4 dona havo kompressorlari ta'mirlash rejalashtirilgan edi. Amalda 5 dona havo kompressorlari ta'mirlanib, reja 125 foizga bajarildi.

  Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, yuqori kuchlanishli elektr uskuna va jihozlarini mukammal ta'mirlash ishlari birmuncha vaqt talab etadigan guruhli ish jarayoni bo‘lib, mavjud qoida tartiblariga binoan ta'mirlash ishlari bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda, tabiiyki, ta'mirlash guruhi muhandis va elektrchilangarlarining ish tajribasi hamda mahorati katta ahamiyatga ega. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar esa ta'mirlash jarayoni belgilangan instruksiya bo‘yicha to‘liq, sifatli va xavfsiz amalga oshirilishini nazorat qilib boradi.

  Farg‘onalik energetiklarning 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ish rejasiga 98,02 kilometr uzunlikka ega elektr uzatish liniyalarini mukammal ta'mirlash ishlari kiritilgan edi. Rejaga nisbatan 106,7 foiz, ya'ni 104,62 kilometr uzunlikdagi havo tarmoqlari mukammal ta'mirlandi. Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan xarid qilingan zamonaviy LK-70/220 rusumdagi polimerli izolyatorlaridan 160 donasi filial tasaruffidagi 220 kVli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatilishi hisobiga ma'nan eskirgan PF va PS rusumdagi izolyatorlar almashtirildi.

  Magistral elektr tarmoqlarida ekspluatatsiya ishlarini tashkil etishda transport va mexanizmlarning o‘rni beqiyos. Ushbu yo‘nalishda avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 83,5 mln. so‘mlik ishlar bajarildi, 48 dona avtoshina va 10 dona akkumulyator bilan jihozlandi. 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha maxsus transport vositalari va mexanizmlar shay holatga keltirildi.

  Ayni paytda mavsumga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Filial jamoasining oldida rejalashtirilgan elektr qurilmalarda joriy ta'mir ishlarini to‘liq bajarish va mavjud bino-inshootlarni mavsumga tayyorlash uchun olib borilayotgan ta'mir ishlarini yakunlash kabi vazifalar turibdi.

  Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik soha vakillari oldidagi asosiy vazifalardan ekanligi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali zahmatkash vakillarining doimiy e'tiborida.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

 

  Ruxsatingiz bilan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali faoliyatiga taalluqli ayrim ma'lumot va xabarlarni qo‘yidagi havolalar orqali taqdim etamiz:

  2019-YIL SARHISOBI: FARG‘ONALIK ENERGETIKLAR «ENG NAMUNALI JAMOA» DEYA E'TIROF ETILDI: http://uzbekistonmet.uz/oz/ 

  FARG‘ONA VILOYATIDAGI «SOKIN» PODSTANSIYASIDA AVTOTRANSFORMATORNI YUQORI QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH AMALIYOTI YAKUNLANDI: http://uzbekistonmet.uz/oz/

  FARG‘ONALIK ENERGETIKLAR JAMIYAT TASARRUFIDAGI TIBBIYOT MUASSASALARI BILAN HAMKORLIKDA MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZISHDI: http://uzbekistonmet.uz/oz/

  «FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI JAMOASINING MEHNAT FAOLIYATIGA BIR NAZAR: http://uzbekistonmet.uz/oz/

  «FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: PODSTANSIYALARDA QO‘SHIMCHA QUVVAT VA YOZGI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI: http://uzbekistonmet.uz/oz/

  ELEKTR TA'MINOTI TIZIMINING BARQAROR FAOLIYATI — TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING TAYANCHI HISOBLANADI:  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  KABEL KANALLARINING BETON QOPQOQLARI — TEMIR-BETON MAHSULOTLARINI TAYYORLASH JARAYONI: http://uzbekistonmet.uz/oz/ 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>