Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: «QIZIQARLI XABARLAR» RUKNINI KUZATIB BORING!
  • 27.04.2021
  • 361

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytidagi  «QIZIQARLI XABARLAR» rukni rasmiy xabarlarni mutolaa qilishdan toliqqan mushtariylar uchun maxsus tashkil etilgan. Uning sahifalarida siz energetika, xususan elektr energiyasi bilan bevosita bog‘liq qiziqarli ma'lumotlar, tarixiy faktlar, energiya samaradorligi va tejamkorligiga oid tahliliy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:

  1️⃣ ELEKTR ENERGIYASI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?

  «…elektr energiyasi, u qanday ishlab chiqarilishi, umuman, ko‘zga ko‘rinmas, idishga solinmas ushbu mahsulotning alohida turi qanday xususiyatlarga ega?»

  2️⃣ TEJAMKORLIK SABOQLARI

  «...Ushbu turkum multfilmlar uchun yosh cheklovi mavjud emas. U birinchi marta 2015-yilning 24-martida namoyish etilgan. Multfilm barcha iste'molchilarga, ayniqsa bolajonlarga tavsiya qilinadi.»

  3️⃣  ELEKTR YOYI

  «..moddaning to‘rtinchi shakli, ya'ni plazma holatining maxsus ko‘rinish bo‘lib, u ionlangan neytral gazlardan iborat. Uning hosil bo‘lishini birinchi marta 1802-yilda rus olimi V.Petrov «4200 dona mis va rux idishlaridan iborat katta quvvatlagich ishtirokidagi galvanik-voltaik tajribalar haqida ma'lumotlar» (Sankt-Peterburg, 1803) kitobida tasvirlangan.»

  4️⃣  LAMPOCHKANI KIM IXTIRO QILGANINI BILASIZMI?

  «…1840-yilda vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorug‘lik paydo bo‘lishini tajriba qilib ko‘radi. Uning aynan mana shu tajribasi keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Mazkur tajribani keyinroq germaniyalik soatsoz usta yanada takomillashtirgan. 1878-yilda esa...»

  5️⃣ O‘ZBEKISTONDA O‘RNATILGAN DASTLABKI TRANSFORMATOR BUDKALAR

  «…Turkiston o‘lkasiga elektr ta'minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda ushbu atamaning o‘zi ham  XX asrning boshlarida kirib kelgan.  1917-yilgacha o‘rtacha 3,3 mln kVt•soat…»

  6️⃣ HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR

  «...Energiya tejamkorligi va samaradorligi — bu energoresurslardan foydalanishdan tiyilish, iste'mol hajmini cheklash emas, aksincha, tejamkorlik va samaradorlik yosh avlodga bolalik davridanoq o‘rgatilishi lozim bo‘lgan iste'mol madaniyatining yuksak namunalaridan biri. Harakat sensori...»

  7️⃣  ILMIY FARAZLARGA ASOSLANGAN SINOV REAKTORI

  «...Bunday sintezning har bir harakati natijasida 17,6 MEV (megaelektronvolt) hosil bo‘ladi. Tushunarli bo‘lishi uchun: atigi 86 gramm deuteriy-tritiy aralashmasi 1000 tonna ko‘mirni yoqishdan olinadigan energiya bilan teng quvvat hosil qilish imkoniyatini beradi.»

  8️⃣ ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI VA BUGUNI

  «Shunday qilib, 1600-yilda Uilyam Xilbert elektr atamasini o‘zining asarida «amber», ya'ni yunon tilida ἤλεκτρον: «elektron» — «qahrabo» deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so‘ng bu tabiat ne'mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo‘ldi.  Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so‘ng «elektr» atamasi el orasida mashhur bo‘lib, turli tajriba-sinovlar o‘tkazish boshlandi.»

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>