Qiziqarli xabarlar
HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR — ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI SARI ARZON VA OSON YO‘L
  • 13.05.2020
  • 441

  Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi — bu energoresurslardan foydalanishdan tiyilish, iste'mol hajmini cheklash emas, aksincha, tejamkorlik va samaradorlik yosh avlodga bolalik davridanoq o‘rgatilishi lozim bo‘lgan iste'mol madaniyatining yuksak namunalaridan biri ekanligi haqida avvalgi tahliliy maqolalarimizda o‘z fikr-mulohazalarimizni bayon qilgan edik.

  Batafsil:     uzbekistonmet.uz/oz/

  Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/

  Qimmatbaho energoresurslardan maqsadli foydalanishi nafaqat xonadon yoki sanoat korxonalarida, balki shaharsozlik loyihalarida ham o‘z aksini topishi zarur. Ayniqsa yoritish tizimida zamonaviy uskuna va moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda mamlakatimizda shartli ravishda mavsumiy tarzda yuzaga keladigan energiya tanqisligi muammolariga ma'lum ma'noda yechim topish mumkin bo‘ladi. 



  Batafsil:       uzbekistonmet.uz/oz/

  Подробно:  uzbekistonmet.uz/ru/

  Батафсил:   uzbekistonmet.uz/uz/

  E'tiboringizga mutaxassis Sarvar Qurbonov tomonidan yuritiladigan @energomenejer — energiya va undan samarali foydalanish bo‘yicha mavzular, elektr, issiqlik va elektrotexnik uskunalar haqida ma'lumotlar berib boriladigan telegram kanalida e'lon qilingan «Harakat datchiklari» deb nomlangan ma'lumotlarni tahrir etilgan shaklda taqdim etamiz.

  Keling, dastavval harakatni ilg‘ovchi moslamalarning texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishsak:

  • Harakat sensori — signal uzatuvchi, jism harakatlanishini qayd qiluvchi, atrof-muhitni nazorat qilish yoki biror bir jarayonni avtomatlashtirishda foydalaniladi;

   •  Harakat detektori – qo‘riqlash tizimlarini, xavf signallarini ishga tushirish va kameralar ish hududiga kirgan harakatni aniqlash uchun foydalaniladi.

  Ayni kunlarda xonadon va ofislarda bunday harakat sensori moslamalaridan foydalanishning ommalashuv ko‘rsatkichi taxminan 10–15% ga oshishi kutilmoqda. Bunga sabab oddiy — energiya resurslaridan oqilona foydalanish va ularga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini tejash, shuningdek, qo‘riqlash xizmatlari tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.

  Ushbu ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasi va Yevropa davlatlarida 2020-yil mobaynida 20% gacha o‘sishi taxmin etilmoqda. Shu bilan birga, harakatni ilg‘ovchi bunday sensorli moslamalar xonadonlarda yoritish tizimlarini va energiya (elektr, sovuq va issiq suv, isitish tizimlari) iste'mol qiluvchi qurilmalarni avtomatlashtirishda samarali foydalaniladi.

  Bu qurilmalar ish prinsipi hamda turi bo‘yicha: infraqizil, ultratovush, fotoelektrik (yorug‘lik), mikroto‘lqinlar, tomografik (radioto‘lqin) va boshqa tasniflardan iborat. Harakatni ilg‘ovchi moslamalar to‘lqinlarni tarqatish va qabul qilingan to‘lqinlarni tahlil qilishiga ko‘ra aktiv, passiv va kombinatsiyalangan moslamalarga toifalanadi.

  HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING ISH PRINSIPLARI

  PASSIV — bu harakatni ilg‘ovchi infraqizil moslamalar (PIR) bo‘lib, ular foydalaniladigan bunday moslamalarning taxminan yarmini tashkil etadi;

  AKTIV — ultratovushli, mikroto‘lqinli va tomografik harakatni ilg‘ovchi moslamalar ham mavjud bo‘lib, ular amalda qo‘llanayotgan ushbu moslamalarning taxminan qolgan yarmini to‘ldiradi.

  Bundan tashqari, kombinatsiyalangan, ya'ni ham fotoelektrik, infraqizil to‘lqinlar orqali harakatni ilg‘ovchi moslamalar mavjud bo‘lib, ularning yangi rusumlari ayni kunlarda kengroq tarqalmoqda.

  Har bir turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalarning dasturiy ishida ixtirochilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar uchraydi va ular vaqti-vaqti bilan yolg‘on (soxta) signallar berib turishi ehtimoldan xoli emas. Bu kabi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchilar  kombinatsiyalangan (fotoelektrik va infraqizil) moslamalardan foydalaniladi, ammo bu narsa o‘z o‘rnida moslamaning sezgirligi darajasini kamaytirishi mumkin.

  HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING TURLARI

  Infraqizil nurli turi — ushbu harakatni ilg‘ovchi moslamalar issiqlik nurlarini (ifraqizil) tahlil qiladi.

  Ultratovushli turi — ushbu moslamalar tovush to‘lqinlarini tahlil qiladi. U ovoz to‘lqinlarni tarqatadi va ikkinchi bo‘lmasi orqali qaytayotgan signallarni dopler effekti bo‘yicha tahlil qilib, xotirasida atrof-muhitning shartli shaklini hosil qiladi. Agar muayyan shaklda, ya'ni hududda o‘zgarish sezilsa, qaytayotgan to‘lqin orqali signal berilib, uskuna ishlashini ta'minlaydi.

  Radioto‘lqinli turi — tomografik va mikroto‘lqinli moslamalar ham ultratovushlilari kabi ishlaydi. Yagona farqi shundaki, ular tovushlarni emas, radioto‘lqinlarni tahlil qiladi. Radioto‘lqin nometall bo‘lgan jismlardan o‘ta oladi va kattaroq hududni nazorat qila oladi. Bunday uskunalar qimmatbaho, ammo kengroq hududlar va omborlarni nazorat qilishda samarali foydalaniladi, ma'lum miqdorda elektr energiyasini tejash bilan birga o‘ziga xos sezgir himoya tizimini yaratadi.

  Fotoelektrli turi — ushbu moslamalar yorug‘lik nurlaridan ta'sirlanish orqali ishlaydi. Aniqrog‘i, ular ikkita sensordan tashkil topgan bo‘lib, biri yorug‘lik chiqaradi va ikkinchisi qabul qiladi. Qabul qiluvchi uskuna yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, relelarga ulash yoki uzish signallarini beradi. Bunga misol tariqasida metropolitendagi nazorat o‘tish to‘siqlarida mavjud turniketlarning ochilishida signal beruvchi moslama fotoelektrik turiga mansubligini eslatib o‘tish kifoya.

Va nihoyat, eng muhimi, fotoelektrik turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalardan ko‘cha yoritish tizimlarida keng foydalanish — energiya va mehnat resurslarini tejashga olib keladi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, iste'mol madaniyatining yuksak namunasidir.

  Manba: @energomenejer

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>