Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi...
Buni qarangki, Turkiston o‘lkasiga elektr ta'minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda ushbu atamaning o‘zi ham XX asrning boshlarida kirib kelgan.
1917-yilgacha Chor Rossiyasi mustamlakasi ostida bo‘lgan O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 3,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
1920–1930-yillarga kelib dizel yoqilg‘isida ishlaydigan elektr stansiyalari Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda qurilgan.
1926-yilning 1-may sanasidan «Bozsuy» gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgan. Suratdagi transformator budka aynan shu gidroelektr stansiyaga xizmat qilgan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati